Toshkent viloyatining Toshkent tumani, “Bahor” MFY, Yuqori Hasanboy ko‘chasida 1-may kuni soat 15:42 larda ikkita transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:59 da to‘liq o‘chirilgan.
Ushbu hududda harakatlanib ketayotgan “VAZ-2102” avtomashinasida yong‘in yuzaga kelganligi sababli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan FAW yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida yong‘in yuk mashinasiga ham tarqalgan. Hodisa oqibatida “VAZ-2102” haydovchisi yengil darajadagi kuyish jarohatini olgan.
Yuk mashinalari ishtirokida yuz bergan hodisalar:
11-mart kuni Toshkent viloyati Angren shahrida yuk tashuvchi mashina yonib ketgandi. 14-mart kuni Nukus shahrida propan gaz tashuvchi MAN yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. 19-mart kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuvi natijasida “ZIL-130” yuk mashinasida yong‘in chiqqandi.
Izoh (0)