O‘zbekistonda 2002-yil “Yoshlar” telekanalida namoyish etilgan “Anpanman” multfilmi va undagi ovozlar hamon esingizdami? Unga aktyorlardan Elbek Mirzohidov, Zulhumor Mo‘minova va Sobirjon Rahimjonovlar ovoz berishgan. Anpanman, Miniman, Xantal, Nonbosh ushbu nomlarni eslaganimizda yuzimizga tabassum yuguradi. Bunday tarbiyaviy ahamiyatga ega va samimiy multfilm kim tomonidan yaratilganiga hech qiziqganmisiz?
-7ofLAxvf.avif)
Anpan — bu ichiga loviya pastasi solingan yapon shirin noni. Bu shirinlikni 1875-yilda ishsiz qolgan sobiq samuray Yasubay Kimura ixtiro qilgan. Yasubay o‘z davrining ajoyib oshpazi va qandolatchisi bo‘lgan, xattoki u pishirga anpan noni imperatorga ham yoqqan.
-K4XUDzwC.avif)
Oradan 66-70-yil o‘tgach, 1941-1945-yillar oralig‘ida yosh yapon askari Takashi Yanase, shirin kulcha anpan yeyish haqida orzu qilgan. Va aynan o‘shanda, keyinchalik Takashi aytib berganidek, kichkintoylar uchun eng mashhur asar g‘oyasi tug‘ilgan.

Urushdan keyin 1968-yilgacha,Takashi bilan ko‘p hodisalar yuz bergan: u chiqindilarni yig‘ish kompaniyasida ishlagan, karikaturachi bo‘lib faoliyat yuritgan, reklama bo‘limida dizaynerlik qilgan, yarim kunlik ishda yapon komikslarini chizgan, jurnal chiqargan — umuman olganda, uning hayoti doim qizg‘in kechgan. Va nihoyat, 1968-yilda eng g‘ayrioddiy super qahramonlardan biri – Anpanman- non odam paydo bo‘ldi.
Anpanman, Yaponiyalik bolalar yozuvchisi Takashi Yanase tomonidan yaratilgan, Yaponiyadagi eng mashhur bolalar animelaridan biri hisoblanadi. U Nippon Television va Tokyo Movie Shinsha tomonidan ishlab chiqariladi. Har bir multfilm taxminan 20-24 daqiqa davom etadi va 10-12 daqiqadan iborat ikki qismga bo‘linadi. Yanase 1968-yildan beri Anpanman haqidagi hikoyalarni yozgan. “Soreike! Anpanman!”(Olg‘a Anpanman) multseriali 1988-yildan beri Yaponiya televideniyasida namoyish etilmoqda.
2006-yil 26-sentyabr holatiga ko‘ra, Anpanman haqidagi kitoblar Yaponiyada 50 milliondan ortiq nusxada sotilgan. 2005-yilda Bandai kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Anpanman 0 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun eng mashhur qahramon hisoblangan.
Syujetda super qahramon Ampanman haqida hikoya qilinadi, u novvoy Jem amaki pishirgan jonlangan ampan bulochkasi. Anpanman yordamiga muhtoj bo‘lganlarning hammasini qutqarishi kerak deb hisoblaydi. Tabiatidan non bo‘lgani uchun, u nochorlarni o‘z boshi bilan boqadi. Har bir qismda u yovuz Baykinman bilan kurashadi. Anpanman anime seriali uzoq tarixga ega. Hikoyada doimo yangi qahramonlar paydo bo‘ladi.

“Anpanman” 2009-yilda Ginnesning rekordlar kitobiga eng ko‘p qahramonlarga ega animatsion franchayzing sifatida kiritilgan. O‘sha yilning 27-mart holatiga ko‘ra, 980 ta birinchi seriya va 20 ta filmda 1 768 ta qahramon paydo bo‘lgan.

Anpanman animening bosh qahramoni bo‘lib, uning boshi Jeym amaki tomonidan pishirilgan nondir. Yapon tilidan tarjima qilinganida uning ismi “Non-odam” degan maʼnoni anglatadi. U yashash uchun ovqatlanishiga hojat yo‘q. Uning zaifligi — suv yoki umuman uning non-boshini iflos qilishi mumkin bo‘lgan har qanday narsada. Agar Jem amaki unga yangi bosh pishirsa, u to‘liq tiklanadi. Jeym amaki Anpanmanning otasi va juda mehribon qandolatchi. U bu dunyo haqida deyarli hamma narsani biladi.
Shokupannan Anpanmanning do‘sti. Uning boshi to‘rtburchak shaklidagi oq nonning bir bo‘lagi ko‘rinishida.
Baykinman Bakteriya sayyorasidan kelgan antiqahramon. Yapon tilidan tarjima qilinganida uning ismi “Bakteriya-odam” degan maʼnoni anglatadi. Uning vazifasi Anpanmanni yo‘q qilish va butun dunyoga bakteriyalarni tarqatishdir.

Dokin-chan — Baykinmanning yovuzlikdagi do‘sti bo‘lgan ayol antiqahramon. U xudbin, talabchan, ochko‘z, lekin baʼzan Shokupannan bilan munosabatda bo‘lganida mehribonlik ko‘rsatadi.
Chiz — Jeym amakining nonvoyxonasida yashaydigan it. U Anpanmanning hayotini qutqarganidan keyin uning sodiq do‘stiga aylandi. Animeda yosh Ampanman birinchi patrullik paytida Chizning och qolganini ko‘rib qoladi va boshining bir qismini yeyishga beradi. Chiz yonida bo‘lganda, u ajoyib yordamchi bo‘lishi mumkin.
Televizion anime-serial premyerasi 1988-yil 3-oktyabrda bo‘lib o‘tdi va 28-avgustda 1000-qismiga yetib keladi. 21-film, “Soreike! Anpanman!” Yaponiyada 4-iyulda kinoteatrlarda namoyish etildi. 2007-yilda esa Bandai konserniga tegishli bo‘lgan Anpanman Bolalar muzeyi Yokohama shahridagi qirg‘oq bo‘yida ochildi.

Anpanman multfilmi yaratuvchisi Takashi Yanase 90 yoshida ham Japan Cartoonist Awardsning hakami hisoblarnadi. U umrining so‘nggi yillarda Tokiodagi Shinjuku tumanidagi bolalarni xavfsizlik qoidalariga o‘rgatish uchun 20 daqiqalik animatsion video yaratdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Yanase o‘zi ham jahon rekordidan hayratda qolganini aytgan.

Kulgili va mehribon non odam haqidagi multfilm 1988-yilda Yaponiyada chiqarila boshlagan va hozirgacha chiqyapti. Anpanmanning “otasi” — Takashi Yanase 2013-yilda 94 yoshida vafot etgan.

Izoh (0)