Istanbul shahrida yong‘in oqibatida vafot etgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro Istanbulning Kadikoy tumani, Fikirtepe mavzesida joylashgan ijaradagi uyda, nomaʼlum sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan yong‘in oqibatida vafot etgan.
Marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Migratsiya agentligi tomonidan to‘liq qoplab berildi.
Bosh konsulxona ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan marhumni O‘zbekistonga yuborish uchun yordam puli yig‘ilayotgani haqida yolg‘on maʼlumotlar tarqatilayotganini maʼlum qildi. Fuqarolar bu kabi noto‘g‘ri xabarlarga ishonmaslikka va rasmiy manbalarga tayanishga chaqirildi.
2023-yilning may oyida Rossiyada ish vaqtida shaxtada baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi vatanga qaytarilgandi.
Izoh (0)