Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi texnopark hududida 1-may kuni yong‘in sodir bo‘ldi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qo‘shbegi ko‘chasidagi texnopark hududida joylashgan sintefon ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida FVBga xabar soat 07:01 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borgan.
Yong‘in soat 07:45 da qurshab olinib, soat 08:09 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
So‘nggi kunlarda yuz bergan yong‘inlar
29-aprel kuni Toshkentning Mirobod tumanidagi qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonada yong‘in chiqqandi. Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. 2025-yil 26-aprel kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘lgandi. 17-aprelda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida uch qavatli savdo do‘konida yong‘in yuz berdi.
Izoh (0)