Daryo

Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi (video)

Yong‘in avtomobilning nosoz old g‘ildiragi chiqib ketishi natijasida kelib chiqqan

1 daqiqa o‘qish12 858 ko‘rishlar0 izoh0

Qamchiq dovonida 5-noyabr kuni soat 13:30 larda yuk mashinasi yonib ketdi.

Foto: Videodan kadr

YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, yong‘in dovon hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 258-kilometrida Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk avtomobilining nosoz old g‘ildiragi chiqib ketishi natijasida kelib chiqqan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Qamchiq dovoni bo‘yicha YPX otryadi va FVV xodimlari holatni to‘liq nazoratga olgan. Ushbu yo‘nalishda harakat yong‘in o‘chirilguncha vaqtincha to‘xtatilgan.

3-noyabr kuni ham Qamchiq dovonida yuk avtomobilida qisqa tutashuv sababli yong‘in yuzaga kelgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar