Janubiy Koreyaning Seul shahrida noma’lum erkak 21 qavatli uyni yoqib yubordi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

Hodisa 21-aprel kuni Bonchxon-don tumanida yuz bergan. Jabrlanuvchilardan ikki nafari ko‘p qavatli uy derazasidan tushib ketib, shifoxonaga yetkazilgan. Qolgan to‘qqiz nafari yengil tan jarohati olgan, jumladan, ular tutundan zaharlangan. Politsiya noma’lum erkak qasddan o‘t qo‘ygan deb gumon qilmoqda. U qidiruvga berilgan.
O‘t qo‘yishni noma’lum shaxs qurilma yordamida amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, politsiya yaqinda qo‘shni turar joy majmuasida yuz bergan yong‘in bilan ehtimoliy bog‘liqlikni tekshirmoqda.
Mahalliy Korea JoongAng Daily nashrining xabar berishicha, yong‘inni uyushtirganlikda gumon qilinayotgan 60 yoshlar atrofidagi erkakning jasadi binoning to‘rtinchi qavatidan topilgan.
To‘rtinchi qavatdagi yo‘lakdan topilgan kuygan jasadning barmoq izlari uning o‘t qo‘ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlayotganga o‘xshaydi, dedi politsiya vakili.
Erkak bino yaqinidagi uyida 50 ming von (35 dollar) naqd pul bilan birga vasiyatnoma qoldirgan.
Men (oila a’zolarimga) achinaman. Iltimos, onamga g‘amxo‘rlik qiling, deb yozgan erkak.
Izoh (0)