Zangiota tumani “Olim polvon” mahallasi Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi.
FVVning xabar qilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:44 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:09 da qurshab olingan va soat 10:38 da bartaraf etilgan.

Yong‘in joyiga FVVning barcha kerakli kuch vositalari jalb etilgan.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yong‘in joyiga yetib borgan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagani ham ma’lum qilindi.
Avvalroq Xorazm viloyati Hazorasp tumanida uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqqani xabar berilgandi.
Yong‘in natijasida savdo do‘konning 280 kv/m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida savdo do‘konining 200 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar qayd etilmagan.
Izoh (0)