Samarqand viloyatining Urgut tumani, “Sariqtepa”mahallasida 30-aprel kuni soat 10:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, haydovchi Cobalt avtomobilini boshqarib borayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Shu vaqtda to‘g‘ridan o‘z yo‘lida kelayotgan “Jiguli” bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aprel oyidagi YTHlar
- Samarqandda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
- Farg‘onadagi avtohalokatda Damas ikkiga bo‘linib ketdi (video).
- Namanganda ijaraga mashina olgan maktab o‘quvchilari avariyaga uchradi.
- Toshkentda L7 urib yuborgan Cobalt ariqqa tushib ketdi (video)
- Toshkentda Hyundai bilan to‘qnashgan motosikl haydovchisi halok bo‘ldi (video)
- Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda kelib, do‘konga urildi (video)
Izoh (0)