Toshkent shahrining Mirobod tumanida xonadonida giyohvandlik moddalarni yetishtirayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, giyohvandlik vositalari alohida eʼtibor berilib, parvarishlanib yetishtirilgan. Olingan daliliy ashyolar 12 tupni tashkil qilib, bo‘yi 60 smdan 170 sm gachani tashkil etadi.
Xonadonda, shuningdek, giyohvandlik vositalarining quritilgani, isteʼmol uchun tayyorlab qo‘yilganlari ham topilgan. Barcha giyohvandlik vositalari xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.
Giyohvandlik vositalari ekspertizaga topshiriladi va natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.
Bundan tashqari, ushbu hududda yana bir holat aniqlandi. Xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uy egasi giyohvandlik vositalari yetishtirilayotganligi aniqlangan.

IIO xodimlarini ko‘rgan shaxs daliliy ashyolarni suvga oqizib yubormoqchi bo‘lgan. Ammo bu ish bermagan.
Xolislar ishtirokida ushbu giyohvandlik vositalari ham rasmiylashtirib olinib, ekspertizaga topshirildi.
Giyohvand moddalar savdosi
Mart oyi o‘rtalarida DXX Chegara qo‘shinlari va Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida katta miqdordagi narkotik moddalarning o‘zbek—qirg‘iz davlat chegarasidan noqonuniy o‘tkazilgan holati aniqlangandi.
Shuningdek, Navoiy viloyatida narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh qo‘lga olingani, Toshkentda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan talabalar ushlangani, shuningdek, Samarqanddagi tungi klubda 10 ming AQSH dollari evaziga giyohvand modda sotishga uringanlar qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Aprel oyi oxirida Toshkent viloyatida narkokuryerlik bilan shug‘ullangan kollej talabasi ushlangandi.
Oktyabr oyining 10 kuni davomida giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan (“zakladka”) tarqatgan va shunday noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan 32 nafar shaxs ushlangan.
Izoh (0)