Toshkent shahar Yunusobod tumanida Hyundai bilan to‘qnashgan motosikl haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 29-aprel kuni soat 09:40 larda Yunusobod tumani KXAY ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1991-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Hyundai va 1986-yilda tug‘ilgan Z.Sh. boshqaruvidagi Kavasaki rusumli mototransport vositasi to‘qnashgan.
YTH natijasida mototransport vositasi haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Motosikl bilan bog‘liq YTHlar
Kecha, 28-aprel kuni soat 01:10 larda Yashnobod tumani Istiqbol ko‘chalarida 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro BMW rusumli mototsiklida rul boshqaruvini yo‘qotib yiqilib yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida BMW rusumli motosikl haydovchisi va yo‘lovchisi 2005-yilda tug‘ilgan O.U.ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Shu kabi, 2024-yil sentyabr oyida Samarqandda Lacetti urib yuborgan mototsikldagi ota va uning 13 yashar qizi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Haydovchi prosessual tarzda qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)