Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan uchrashuv 2-may, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv ko‘plab qiziqarli vaziyatlarga boy bo‘ldi.
16-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa har ikki jamoada ham ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi.
84-daqiqaga kelib toshkentliklar darvozasi tomon penalti belgilandi va uni Jasur Xolto‘rayev aniq amalga oshirdi. Bosh hakam tomonidan o‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotganda Javohir Husanov gol urib, qo‘qonliklar g‘alabasini taʼminladi.
Ushbu g‘alaba bilan “Qo‘qon-1912” jamoasi 12 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Bunyodkor” esa 15 ochko bilan 3-pog‘og‘nani egallab turibdi.
Superliga
8-tur
2-may, juma
“Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912” 1:2
Gollar: 1:0 – 16, Temurxo‘ja Abduxoliqov, 1:1 – 84, Jasur Xolto‘rayev, 1:2 – 90+6, Javohir Husanov.
“Bunyodkor” – Hamidullo Abdunabiyev, Nikoloz Mali (Narimon Ahmadjonov, 62), Najmiddin Normurodov, Bobur Yo‘ldoshev, Odil Hamrobekov, Imeda Ashortia (Martin Shroler, 67), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Marko Bugarin, Asadbek Rahimjonov (Rasul Yo‘ldoshev, 55), Luis Kachorri (Azizbek Omonov, 67), Muzaffar Olimjonov.
“Qo‘qon-1912” – Azizxon Isaqov, Asliddin Toshtemirov, Andro Giorgadze, Shahzod Akramov, Alisher Salimov, Baxtiyor Qosimov, Shota Gvazava, Muhammadanas Hasanov (Javohir Husanov, 72), Jasur Yoqubov, Shahzod Beshimov (Husniddin G‘ofurov, 90+2), Egor Kondatyuk (Jasur Xolto‘rayev, 60).
Ogohlantirishlar: Nikoloz Mali 28, Marko Bugarin 76.
Izoh (0)