Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 30-aprel tongda ayol o‘zini poyezd ostiga tashlagani aks etgan video tarqaldi.
* Videoni ko‘ngli bo‘shlar va homilador ayollar ko‘rinishi tavsiya etilmaydi
Shuningdek, tarmoqlarda tarqalgan yana bir videoda “Jizzax-G‘alaorol” bekatlari oralig‘ida bir guruh maktab o‘quvchilari yaqinlashib kelayotgan “Afrosiyob” poyezdi oldida relslarni kesib kesib o‘tgani aks etgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati bu borada izoh berib, mazkur hodisalar yana bir bor temir yo‘l relslari yaqinida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik masalasini ko‘tarayotaginini taʼkidladi.
Ogohlantiruvchi belgilar mavjudligiga qaramay, ko‘pchilik asosiy xavfsizlik choralarini e‘tiborsiz qoldirib, o‘zi va boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirishi aytib o‘tilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” O‘zbekiston fuqarolari va mehmonlariga temir yo‘llar yaqinidagi barcha belgilangan xatti-harakatlar normalari va qoidalariga rioya qilish muhimligini eslatadi. Shuni esda tutish kerakki, poezdlar favqulodda tormozlashda ham bir zumda to‘xtashga qodir emas va yo‘lni kesib o‘tish tartibining har qanday buzilishi hayot uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yurtimizning barcha aholisi va mehmonlariga murojaat qilib, temir yo‘lni kesib o‘tishda ehtiyot va mas‘uliyatli bo‘lishga, svetofor va temiryo‘lchilar ko‘rsatmalariga qat‘iy rioya qilishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, 30-aprel kuni Chinoz tumanida yashagan 30 yoshli ayol “Toshkent-Samarkand” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan tez yurar yo‘lovchi poyezdi tagiga o‘zini tashlashi oqibatda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.
Xabar soat 10:30 da qayta tahrirlandi.
Toshkent metrosida o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkak voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Navoiyda 33 yoshli erkak o‘zini poyezd tagiga tashlab, vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)