Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida L7 urib yuborgan Cobalt ariqqa tushib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Keltirilishicha, hodisa 29-aprel kuni soat 22:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Movarounnahr-Mahamad Gandi ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. 1976-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Cobalt hamda 2001-yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi Li Xiang rusumli avtomashinalari to‘qnashgan.
Yo‘l transport hodisasi natijasida Cobalt avtomashinasining 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
YTHlar statistikasi
O‘zbekistonda 2025-yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 891 nafar shaxs sudlandi.
2024-yil davomida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan 3 321 nafar shaxs sudlangan. Ularning 917 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 404 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
2025-yilning I-choragi mobaynida ushbu modda bilan 891 nafar shaxs sudlanib, ularning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, 718 nafar fuqaroga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi.
Mart oyida sodir bo‘lgan YTHlar:
Jizzaxda 13-mart kuni rulda uxlab qolgan Matiz haydovchisi yuk mashinasiga urilishi oqibatida halok bo‘lgandi. 12-mart kuni Toshkentda daraxtga urilgan Lacetti pachaqlanib ketdi. 7-mart kuni Navoiyda Damas va Cobalt to‘qnashishi oqibatida bir kishi jarohatlandi. 17-mart kuni soat 06:30 larda Toshkent—Bekobod avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi (dastlabki ma’lumotga ko‘ra haydovchisi uxlab qolishi natijasida) qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Isuzu avtomobili bilan to‘qnashgan.
Shuningdek, Toshkentda Lexus haydovchisi katta tezlikda kelib, yo‘l chetida turgan mashina va qariyani urib yuborgandi.
Aprel oyidagi YTHlar
Izoh (0)