AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat iqtisodiyoti retsessiyaga duch kelishi mumkinligini tan oldi, ammo u hammasi oxir-oqibat yaxshi bo'lishiga ishonishini ham ta’kidladi.
Bu haqida Oq uy rahbari NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Hamma narsa bo'lishi mumkin. Lekin menimcha, biz mamlakat tarixidagi eng kuchli iqtisodga ega bo'lamiz", dedi u retsessiya ehtimoli haqidagi savolga javoban.
Tramp bu masaladan xavotirda emasligini va AQSh iqtisodi “o‘tish davrida” ekanligini aytib, yakunda juda yaxshi holatga chiqishini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq AQSHning sobiq moliya vaziri Janet Yellen Financial Times gazetasiga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar Trampning savdo siyosati va u joriy etgan bojlar tufayli tanazzulga yuz tutayotganini ma’lum qilgandi.
Uning ta'kidlashicha, AQSH "Xitoydan asosiy foydali qazilmalar yetkazilishiga qattiq bog'liq" va Xitoy importiga o'ta yuqori tariflarni saqlab qolish orqali o'z iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini sezilarli darajada zaiflashtirishi mumkin.
Retsessiya (lotincha recessus "chekinish" so‘zidan olingan) — iqtisodiyotda (xususan, makroiqtisodiyotda), ishlab chiqarishning nisbatan mo‘tadil, kritik bo‘lmagan pasayishi yoki iqtisodiy o‘sish surʼatlarining sekinlashishini anglatadi. Bu atama AQSHda Buyuk Depressiya davrida haddan tashqari ramziy ma'noga ega bo'lgan "depressiya" so'zini ishlatmaslik uchun paydo bo'lgan.
Izoh (0)