Prezident raisligida Xorazm viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilish, Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlanishi, Surxondaryoda Damas‘da 32 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlanishi – “Daryo” nashri 2-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatganlarga 8 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi
Subsidiyaning eng katta qismi Xorazm viloyatiga ajratilgan.
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi
Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Keyinroq ular uzr so‘radi.
O‘zbekistonda qaysi korxonalar ko‘p soliq to‘layotgani maʼlum qilindi
Mamlakatda Apple, Meta, Google kabi global brendlar soliq to‘lovlari 1,5 baravar ortdi.
Surxondaryoda Damas’da 32 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi (video)
Haydovchiga chora ko‘rildi, viloyat Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
O‘zbek milliy taomlarini xorijda tanitayotgan restoratorlar qo‘llab-quvvatlanadi
Xorijda o‘zbek restoranlarini ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash yo‘lga qo‘yiladi.
“Narxi qimmat” — Shavkat Mirziyoyev ichki aviaqatnovlar haqida gapirdi
Barcha rezident kompaniyalarga ichki reyslarni subsidiyalash bo‘yicha qaror ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Xivadagi barcha davlat tashkilotlari ko‘chiriladi
Shaharda faqat turistlarga xizmat ko‘rsatadigan obyektlar bo‘ladi.
“Bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi” — prezident
Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 o‘rindiqqa ega bo‘ladi.
O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi
Tarixda birinchi marta dunyodagi matbuot erkinligi holati “og‘ir” deb tasniflanmoqda.
Xorazmda yo‘llar rekonstruksiya qilinib, avtobus, trolleybuslar olib kelinadi
Viloyatning barcha tumanlaridagi oqova tizimiga yana 85 mln dollar jalb qilinadi.
Rossiya armiyasida Ukrainaga qarshi urishayotgan o‘zbekistonliklarga chora ko‘riladimi?
TIV fuqarolarning ishtiroki bo‘yicha tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 24 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘li quriladi
2024-yilda jami 7 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘llari foydalanishga topshirilgan.
“Kasbni yaxshi o‘rganing. Kelgusida o‘zingiz ham tadbirkor bo‘lishga harakat qiling” — prezident Urganchdagi Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi
Davlat rahbari mehmonxona yo‘nalishida saboq olayotgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.
Jizzaxda yo‘lning o‘rtasidagi temir panjaralar ostidan o‘tayotgan piyoda yuzasidan izoh berildi
Piyoda “peshexod”dan yo‘lning ikkinchi qismiga o‘tish uchun temir panjara ostidan o‘tgan.
Farg‘onadagi bekatda fuqarolar janjalida ulardan biri hushidan ketib qoldi
Hodisaga aloqador barcha protsessual tartibda ushlangan.
O‘zbekistonda baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lgan xodimlarning oilasiga to‘langan tovon pullari ochiqlandi
“Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi yakunlari yuzasidan ma’lumot berildi.
Izoh (0)