Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Nukus-Farg‘ona yo‘li ko‘chalari chorrasida 2-may kuni soat 16:05 larda BYD boshqarib kelayotgan haydovchi “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.
Hodisa oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
YTHlar statistikasi
O‘zbekistonda 2025-yilning dastlabki uch oyida YTH sodir etishi oqibatida 891 nafar shaxs sudlandi.
2024-yil davomida Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan 3 321 nafar shaxs sudlangan. Ularning 917 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 2 404 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
2025-yilning I-choragi mobaynida ushbu modda bilan 891 nafar shaxs sudlanib, ularning 173 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, 718 nafar fuqaroga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi.
Mart oyida sodir bo‘lgan YTHlar:
Jizzaxda 13-mart kuni rulda uxlab qolgan Matiz haydovchisi yuk mashinasiga urilishi oqibatida halok bo‘lgandi. 12-mart kuni Toshkentda daraxtga urilgan Lacetti pachaqlanib ketdi. 7-mart kuni Navoiyda Damas va Cobalt to‘qnashishi oqibatida bir kishi jarohatlandi. 17-mart kuni soat 06:30 larda Toshkent—Bekobod avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi (dastlabki ma’lumotga ko‘ra haydovchisi uxlab qolishi natijasida) qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Isuzu avtomobili bilan to‘qnashgan.
Shuningdek, Toshkentda Lexus haydovchisi katta tezlikda kelib, yo‘l chetida turgan mashina va qariyani urib yuborgandi.
Aprel oyidagi YTHlar
- Samarqandda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
- Farg‘onadagi avtohalokatda Damas ikkiga bo‘linib ketdi (video).
- Namanganda ijaraga mashina olgan maktab o‘quvchilari avariyaga uchradi.
- Toshkentda L7 urib yuborgan Cobalt ariqqa tushib ketdi (video)
- Toshkentda Hyundai bilan to‘qnashgan motosikl haydovchisi halok bo‘ldi (video)
- Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda kelib, do‘konga urildi (video)
Izoh (0)