Germaniyada o‘zbekistonlik qassoblarga 1,7 ming yevro maoshli ish o‘rinlari taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, Migratsiya agentligi va Germaniyaning The International Placyement People GmbH & Co. KG kompaniyasi hamkorligida Germaniyada qassoblik yo‘nalishida 150 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi. Ish haqi oyiga 1750 yevro.
Ish jadvali haftasiga 44 soatni tashkil etadi. Nomzodlardan 8 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan jismonan sog‘lom erkaklar orasidan, kamida bir yillik amaliy tajribaga ega, go‘shtni ajratish, sanitariya qoidalariga rioya qilish, o‘tkir tig‘li asboblar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega shaxslar tanlab olinadi.
Talab etiladigan hujjatlar:
- mehnat faoliyati bo‘yicha ma’lumotnoma (https://my.gov.uz dan);
- xalqaro A2 darajadagi nemis tili sertifikati;
- professional yoki oliy ta’lim diplomi (Anabin bazasida H+ maqomida ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim).
Ish beruvchi tomonidan Germaniyada aeroportidan yashash joyigacha bo‘lgan transport xarajatlari qoplab beriladi.
Nomzod zimmasiga tushadigan xarajatlar:
- aviachipta, viza, yashash va ovqatlanish;
- agentlik xizmati uchun 4 baravar BHM miqdorida to‘lov;
- 3 oylik sinov muddati.
Bonus sifatida Migratsiya agentligi tomonidan aviachipta, viza va til sertifikati xarajatlari kompensatsiya qilinadi.
Eslatma: ro‘yxatdan o‘tishda til sertifikati, diplom va xorijga chiqish pasporti fayl ko‘rinishida yuklanishi talab etiladi.
Xorijga ishga takliflar:
Aprel oyida Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida migratsiya sohasida uch tomonlama memorandum imzolandi. Hamshiralar uchun AQSHda ish o‘rinlari bor. 2030-yilgacha AQSHda 1 milliondan ortiq hamshiralarga talab mavjud bo‘lib, oliy malakali hamshiralarga yiliga 44 mingta qonuniy ishchi viza ajratiladi. Tatariston “Alabuga” korxonasi O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga jalb etmoqchi.
Izoh (0)