Prezidentning Xorazm viloyatiga tashrifi, Toshkent texnoparkidagi yong‘inda ikki kishi vafot etishi, fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan AQSHga yubormoqchi bo‘lganlar ushlanishi – “Daryo” nashri 1-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan AQSHga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi (video)
Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida ushlangan kishilar 15 ming dollardan 38 ming dollargacha pul talab qilgan.
Toshkent texnoparkidagi yong‘inda ikki kishi vafot etdi
Shuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
O‘zbekistonda 1-maydan qanday o‘zgarishlar kuchga kirdi?
Xususan, gaz va “svet” tariflari oshdi, bojsiz olib kirish yangi me’yorlari amal qiladi, ayrim tadbirkorlarga garovsiz kreditlar, grantlar ajratiladi.
O‘zbekistonda yerosti suvlari hisoblagichsiz suv olinganda soliq to‘lovi besh baravar oshiriladi
Senat yer va suv resurslarini muhofaza qilishga qaratilgan qonunni ma’qulladi.
O‘zbekiston—Afg‘oniston hamkorligi namunasi sifatida “Do‘stlik bog‘i” barpo etiladi
Bu orqali Afg‘onistonda intensiv bog‘dorchilik rivojlantirilib, meva yetishtirish salohiyati oshiriladi.
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida ushbu kompaniya va loyiha rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor tayinlandi
Uchta oliygoh negizida tashkil etilgan yangi universitetga Shuhrat Boymuradov rektor bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishini ko‘zdan kechirdi (foto)
Shaharcha 130 gektardan ortiq hududda bunyod etilmoqda, uning markazida Al-Xorazmiy haykali o‘rnatiladi.
Shavkat Mirziyoyev mebelsozlik kichik sanoat zonasini borib ko‘rdi (foto)
Davlat rahbari shourumda mahsulot namunalarini ko‘zdan kechirdi, ularning sifatini va dizaynini yuqori baholadi.
Prezident Xorazmdagi oilaviy fermer xo‘jaligi rahbarini “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni bilan mukofotladi
Shavkat Mirziyoyev Xonqa tumanidagi “Sobirjon Yusuf” oilaviy fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi.
O‘zbekistonda qancha yer chiqindi poligonlaridan tabiatga qaytarilgani ma’lum bo‘ldi
130 ta poligon atrofida terak, tut, qayrag‘och, saksovul, tol va boshqa turdagi daraxt ko‘chatlari ekildi.
Xorazmga 8 mln dollar evaziga 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda
Davlat rahbari viloyatga tashrifi chog‘ida aholiga yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.
Prezident yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi
Davlat rahbari Urganch—Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘lini ko‘zdan kechirdi.
Toshkent ko‘chalaridan birida avtomashinalar harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Bunga qurilish-montaj ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi
Prezident yordamchisi Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev Xivada barpo etilgan yangi “Arda Xiva” turizm majmuasi bilan tanishdi (foto)
Davlat rahbari majmua bo‘ylab yurib, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Izoh (0)