Shamsiddin Tojiyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 30-aprel kuni Senat yalpi majlisida ma’lum qilindi.

U 2019-yilning oktyabrida 10 yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylangandi.
Shamsiddin Tojiyev 1979-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy. Mutaxassisligi — huquqshunos. 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini, 2003-yilda shu institutning magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Oliy sudda maslahatchi lavozimidan boshlab, Oliy sudning turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2008—2013-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudi sudyasi, 2013—2015-yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi bo‘lgan. 2015-yildan Oliy sud sudyasi lavozimiga saylanguniga qadar Uchtepa tuman sudi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Izoh (0)