• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    IT sohasida 1000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi: 2025-yilgi Offshore Outsourcing Conference natijalari

    Toshkentda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan Offshore Outsourcing Conference 2025 bo‘lib o‘tdi. Bu anjuman O‘zbekistonning xalqaro IT-sanoatidagi jadal o‘sib borayotgan rolini ta’kidladi.

    Konferensiyada 250 ta kompaniyadan 280 nafar ishtirokchi, shu jumladan 25 ta davlatdan 39 ta xalqaro tashkilot ishtirok etdi.

    Yillik daromadi 500 million dollardan 5,5 milliard dollargacha bo‘lgan dunyoning to‘rtta yetakchi IT-xizmatlar va BPO kompaniyalari — “Tech Mahindra”, “Armatis, Netskope” va “SBL” ishtirokchilardaa alohida qiziqish uyg‘otdi.

    Tadbir qatnashchilari O‘zbekistonning qulay biznes muhiti bilan tanishdilar. Bu muhit yuqori malakali yosh mutaxassislar va IT-kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlovchi davlat dasturlari bilan ajralib turadi. Jahon sanoatining yetakchilari bilan aloqa o‘rnatish, yangi hamkorlik munosabatlarini shakllantirishga va xalqaro bozor imkoniyatlarini ochishga alohida e’tibor qaratildi. Anjuman doirasida O‘zbekistonni autsorsing va biznesni kengaytirish uchun istiqbolli yo‘nalish sifatida jozibadorligini oshiruvchi Enterprise Uzbekistan, Zero Risk, Softlanding va IT Visa tashabbuslari taqdim etildi.

    O‘zbekiston — IT-sanoatning yangi markazi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston o‘zining strategik joylashuvi, yuqori kadrlar salohiyati va qulay investitsiya muhiti tufayli xalqaro biznesni jalb etayotgan yetakchi IT-habga ishonch bilan aylanib borayotganini ta’kidladi.

    “2017-yilda O‘zbekistonda o‘ntadan kam IT-kompaniya bor edi. O‘shanda ko‘pchilik gap qaysi davlat haqida ketayotganini tushunish uchun internetdan “O‘zbekiston nima?” deb qidirishga majbur bo‘lardi. Bugun bu savol ortiqcha. Bir necha yil ichida biz innovatsiyalarni rivojlantirish uchun xalqaro kompaniyalar, investorlar va eng yaxshi mutaxassislar birlashadigan dinamik IT-markazga aylandik. Bu Prezidentimizning raqamli iqtisodiyotda O‘zbekiston yetakchi o‘rinni egallagan kelajak haqidagi g‘oyasining ro‘yobga chiqishidir.

    Bugun biz yana bir qat’iy qadam qo‘ymoqdamiz — biznes uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish va yetakchi IT-hab sifatidagi obro‘yimizni mustahkamlashga qaratilgan “Enterprise Uzbekistan” loyihasini ishga tushirmoqdamiz,”, dedi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov

    IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Kuchkarov ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlab, bugungi kunda umumiy daromadi 1,6 milliard dollarni tashkil etuvchi 2600 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan IT Park’ning ajoyib yutuqlarini taqdim etdi.

    “2017-yilda IT Park shunchaki qog‘ozdagi loyiha edi — Farhod Ibragimovning dadil g‘oyalaridan ilhomlangan kichik startap. O‘sha paytda faqat g‘oya va intilish bor edi, ammo muvaffaqiyatga erishish uchun hech qanday kafolat yo‘q edi — faqat ishonch, mashaqqatli mehnat va imkonsiz narsani haqiqatga aylantirishga intilish mavjud edi. 

    Bugun, 2025-yilda butun mamlakat bo‘ylab 14 ta filialimiz, shuningdek, xorijda 4 ta vakolatxonamiz bor. Rezident kompaniyalarimizning daromadi 1,6 milliard dollarni tashkil etadi, IT Park tarmog‘i esa 2600 dan ortiq kompaniyalarni, jumladan 700 ga yaqin xorijiy korxonalarni birlashtirmoqda. O‘zbekiston IT-autsorsing uchun eng jozibador yo‘nalishlardan biriga aylandi. Kompaniyalar nafaqat qulay shart-sharoitlar, balki iqtidorli mutaxassislar, kuchli davlat ko‘magi va yuksak ishonch tufayli ham mamlakatimizni tanlamoqda. Bu endi shunchaki IT Park tarixi emas. Bu butun mamlakat tarixi,” dedi Abdulahad Kuchkarov.

    Raqobat ustunliklari: kadrlar, barqarorlik va innovatsiyalar

    O‘zbekistonning moliyaviy jozibadorligi va xavfsiz biznes muhiti muhokamalarning asosiy mavzulariga aylandi. IT Park Uzbekistan bosh direktori maslahatchisi Ahmed Abulez O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz 10 ta mamlakati qatoriga kirishini, IT-mutaxassislar soni allaqachon 203 ming kishiga yetganini, bu esa mamlakatning kadrlar salohiyati jadal o‘sib borayotganini tasdiqlayotganini ta’kidladi.

    Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya bozorlari bo‘yicha bosh menejer Fayzulla Ulmasov konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar uchun mavjud bo‘lgan keng imkoniyatlarni taqdim etdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat yangi bozorlarda o‘z faoliyatini kengaytirishga intilayotgan IT-kompaniyalar va mutaxassislar uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratib, biznes yuritish uchun qulay muhitni faol shakllantirmoqda.

    Enterprise Uzbekistan — shaffof huquqiy standartlar, GDPR talablariga muvofiqlik va maxsus rag‘batlantirish choralari orqali IT-biznesni jalb qilishga qaratilgan yangi iqtisodiy zonaning taqdimoti muhim voqea bo‘ldi. Enterprise Uzbekistan loyiha menejeri Dilnoza Rasulova ushbu tashabbusning asosiy afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berib, O‘zbekiston xalqaro texnologiya kompaniyalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intilishini ta’kidladi.

    Soha nuqtayi nazaridan, “EPAM Uzbekistan” kadrlar bo‘limi rahbari Marina Ten EPAMning mahalliy IT-mutaxassislar salohiyatidan foydalanish tajribasi bilan o‘rtoqlashib, sohaning kadrlar imkoniyatlari jadal o‘sib borayotganini ko‘rsatdi:

    “Biz beshta JAVA mutaxassisidan iborat jamoa bilan ishni boshlaganmiz, bugungi kunda esa kompaniyamizda 600 nafar dasturchi va IT-mutaxassis ishlaydi. Ularning ko‘pchiligi Buxoro va Andijon kabi shaharlardan masofaviy tarzda faoliyat yuritadi.

    O‘zbekiston ulkan salohiyatga ega va biz EPAMda ushbu keng ko‘lamli o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lishdan xursandmiz. Birgalikda biz kelajak mutaxassislari avlodini shakllantiramiz, ularga global raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyatli karyera qurish uchun zarur ko‘nikmalarni egallashda yordam beramiz.”

    “Lavoro Tech” kompaniyasining boshqaruvchi direktori Serxio Basto ta’kidlashicha, O‘zbekiston nafaqat IT-iste’dodlarni faol rivojlantirmoqda, balki ularni jahon standartlari darajasida ushlab turish va kasbiy o‘sishi uchun sharoitlar yaratmoqda:

    “Odamlarsiz hech narsa sodir bo‘lmaydi - barcha narsani ular yaratadi. Orzular, kompaniyalar, strategiyalar - barchasi inson qo‘li bilan bunyod etiladi. Kompaniyalar odamlarni emas, aksincha, odamlar kompaniyalarni barpo etadi.

    IT Park bilan hamkorlikda biz nafaqat kadrlarni jalb qiladigan, balki ularni ushlab turadigan, rag‘batlantiradigan va rivojlanishiga yordam beradigan tizimni yaratdik. Biz imkonsiz narsa haqiqatga aylanadigan muhitni yaratamiz va kelajak sari intilishda davom etamiz."

    Konferensiya doirasida ishtirokchilar mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari va ta’lim muassasalariga tashrif buyurishdi. “Dyninno Group” kompaniyasida mehmonlar Shimoliy Amerikadagi moliyaviy xizmatlar, turizm va ko‘ngilochar sanoat bozorini o‘zgartirayotgan eng so‘nggi IT-yechimlar haqida ma’lumot oldilar. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) delegatlarga zamonaviy tadqiqot laboratoriyalari va IT-ta’lim sohasidagi hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari taqdim etildi. “Uzinfocom” kompaniyasida konferensiya ishtirokchilari biometrik autentifikatsiya, blokcheyn va raqamli hukumat sohasidagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishdilar. “Uzinfocom” tomonidan taqdim etilgan asosiy yechimlardan biri “MyID Palm” tizimi — xavfsizlik darajasi va autentifikatsiya aniqligini sezilarli darajada oshiradigan kaft tasviri bo‘yicha biometrik identifikatsiyalashning innovatsion texnologiyasi bo‘ldi. Ushbu loyiha O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi yo‘lidagi muhim qadamdir.

    Seminarlar, biznes-maslahatlar va investitsiya istiqbollari

    Konferensiyaning ikkinchi kuni amaliy seminarlar va biznes-maslahatlarga bag‘ishlandi. Ishtirokchilarga O‘zbekistondagi autsorsing infratuzilmasi, tartibga solish muhiti va investitsiya rag‘batlarining batafsil tahlili taqdim etildi. IT Park mutaxassislari biznes yuritishning asosiy jihatlarini, jumladan, kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, soliq imtiyozlari va iste’dodlarni jalb qilish strategiyalarini batafsil ko‘rib chiqdilar.

    Xalqaro kompaniyalar uchun ofis binolari va ish haqi to‘lovlarida qo‘llab-quvvatlashni taklif etuvchi “Zero Risk” dasturiga, shuningdek, O‘zbekiston IT-kompaniyalarining xalqaro bozorlarga chiqishiga ko‘maklashuvchi “Local2Global” tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga IT-mutaxassislar va investorlar uchun uch yillik ko‘p martalik vizani ta’minlovchi “IT Visa” dasturi, hamda xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston bozoriga kirish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan “Softlanding” dasturi taqdim etildi.

    Konferensiya yakuniga ko‘ra, 10 dan ortiq kompaniya O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalarini ochish niyatida ekanligini ma’lum qildi.  Hozirda ular mahalliy kadrlar salohiyati va ofis binolari variantlarini baholamoqda. Ikki kompaniya — xalqaro dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi “Midas Group” (Germaniya) va IT-xizmatlarga ixtisoslashgan “TRON Enterprise Solution” (Ruminiya) tadbir davomida ofislar ochish uchun rasmiy ariza topshirdi.

    Ushbu tashabbuslar natijasida kamida 1000 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, IT-xizmatlar eksporti hajmi 10 million AQSH dollariga oshishi kutilmoqda.

    Global IT-bozorda O‘zbekiston kelajagi

    Konferensiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ish o‘rinlarini yaratish va raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish orqali O‘zbekistonga sezilarli foyda keltirishi kutilmoqda. Autsorsing sektorini kengaytirish mamlakatning texnologik salohiyatini mustahkamlash, mahalliy IT-mutaxassislarni tayyorlash darajasini oshirish va dunyoning yetakchi texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ochish imkonini beradi. O‘zbekistonning mintaqaviy IT-markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlash barqaror iqtisodiy o‘sish va innovatsion o‘zgarishlarga hissa qo‘shadi.

    Reklama huquqi asosida.

    1 mart, 16:30   Izoh (0)   2968
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #IT Park Uzbekistan

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “2021-yil brendi” V mukofoti g‘oliblari taqdirlandi

    24.05.2022, 17:30

    “O‘zimni sharqona ruhdagi Minskdagidek his qildim” — EPAM Uzbekistan bo‘lim rahbarining O‘zbekiston haqida taassurotlari

    01.06.2022, 22:57

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarni “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi

    29.06.2022, 20:16

    IT Park 22 yoshida oyiga 1200 dollar ishlab topadigan qashqadaryolik yigit haqida hikoya qildi

    01.07.2022, 16:29

    “O‘zbekistondagi sharoit kelajakda BAAdagidek bo‘ladi” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT mutaxassis taassurotlari

    17.08.2022, 20:43

    VEON rahbari Toshkentdagi IT park ochilishida ishtirok etdi

    30.08.2022, 15:00

    O‘zbekiston “Aqlli shahar” platformasi ishlab chiqaruvchi Malayziya kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi

    01.10.2022, 07:27

    “ICTWEEK Uzbekistan 2022”: Axborot texnologiyalari haftaligi Samarqandda bo‘lib o‘tadi

    14.10.2022, 16:32

    O‘zbekistonda milliondan ortiq aholi Coursera’da bepul IT ta’lim olishi mumkin bo‘ladi

    27.10.2022, 17:42

    Amaliyotchidan ta’lim bo‘yicha hududiy menejergacha: IT Park’da ishlayotgan Sarvinoz Hakimova hikoyasi

    29.11.2022, 17:24

    “Beepul” ilovasida kartadan kartaga pul o‘tkazmalari tez rivojlanayotgan xizmatga aylandi

    27.12.2022, 16:30

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-martdan nimalar o‘zgaradi?

    28.02.2023, 17:41

    “Inqiroz davridagi o‘sish”: 2022-yil qanday qilib O‘zbekiston IT sohasi uchun eng muvaffaqiyatli yilga aylandi?

    07.03.2023, 21:10

    Mobiuz abonentlari 500 million so‘m yutib oldi

    15.03.2023, 10:30

    “Yangi paxta”: O‘zbekistonda BPO bozori qanday rivojlanmoqda?  

    29.03.2023, 14:57

    IT Park tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar qariyb 3 trln so‘mga yetdi, eksport 3 barobar oshdi 

    01.05.2023, 19:01

    Oltin va bronza: “Beeline Uzbekistan” ikki marotaba g‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan yagona kompaniya bo‘ldi

    11.05.2023, 15:02

    “2022-Yil brendi” VI mukofoti g‘oliblari aniqlandi

    23.05.2023, 12:22

     Huawei barqaror rivojlanish natijalari bilan O‘zbekiston OAV vakillari bilan o‘rtoqlashdi

    27.06.2023, 12:00

    STEM’dagi ayollar — O‘zbekiston misolida

    15.08.2023, 12:00

    IT Park stendi ICT Expo ko‘rgazmasida namoyish etildi: eksportning o‘sishi, taʼlim subsidiyalari, yangi platforma va o‘nlab kompaniyalar ishtirok etadigan IT-xiyob...

    27.10.2023, 19:30

    Techstars Startup Weekend xalqaro dasturining bosqichi Qarshida bo‘lib o‘tdi

    06.11.2023, 18:00

    Ikkinchi Tashkent Digital Marketing Forum 2024 nima haqda bo‘ladi?

    15.12.2023, 18:15

    Toshkentdagi IT Parkda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etiladi

    02.02.2024, 11:00

    Markaziy Osiyoning eng yirik IT tadbiri ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 ishtirokchisiga aylaning!

    22.08.2024, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi 

    24.08.2024, 19:20

    IT Community of Uzbekistan'dan birinchi IT Roadshow

    21.10.2024, 16:30

    7 ta shahar, 21 ta ma’ruzachi va 45 soat foydali kontent: IT Community of Uzbekistan’dan IT Roadshow yil yakunini sarhisob qildi

    26.12.2024, 19:30

    Central Asian Business Expo 2024 natijalari: 70 dan ortiq kompaniya O‘zbekistonning IT soha uchun taqdim etayotgan biznes imkoniyatlari bilan tanishdi

    30.12.2024, 15:49

    Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning tashqi savdo, iqtisodiyot va investitsiyalarga masʼul davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi

    25 yanvar, 10:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05

    Fransiyada 200 dan ortiq fermer cheklovlarni bekor qilish uchun namoyishga chiqdi

    Dunyo | 16 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.