• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp Grenlandiyani kuch bilan tortib olmoqchi. Daniya harbiy mojaroga tayyormi?

    Tramp Grenlandiya ustidan nazoratni qo‘lga kiritmoqchi. U mazkur maqsadiga erishish uchun harbiy kuchni ishga solishga ham tayyor. Daniya rasmiylari bir necha bor Trampning orolni sotib olish bo‘yicha taklifini rad etdi va shu bilan birga mudofaa xarajatlarini oshirishga qaror qildi.

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Daniya qurolli to‘qnashuvga tayyormi yoki yo‘qmi? Grenlandiyaliklarning o‘zi AQSHning harakatlari borasida qanday fikrda?

    Trampning bu maqsadi avvaldan mavjud

    Tramp Grenlandiyani sotib olmoqchi ekanligini birinchi marta aytayotgani yo‘q. U avvalgi prezidentlik muddatida ham bu maqsadini bayon qilgandi. Daniyadan rad javobini eshitib, Trampning jahli chiqqan. 

    “U qaysarlik bilan o‘zini gapida turib olgan. Menimcha, Tampning maqsadi jiddiy va potentsiali o‘ta xavfli”, deya AQSH prezidenti Donald Tramp va Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen o‘rtasidagi telefon suhbatiga izoh bergan Financial Times manbalaridan biri.

    Tramp va Frederiksen o‘rtasidagi suhbat 45 daqiqa davom etgan. Financial Times suhbatdoshiga ko'ra, suhbat “juda yomon ruhda” o‘tgan. Ta’kidlanishicha, Frederiksenning harbiy bazalar va tog‘-kon sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflariga qaramay, Tramp “tajovuzkor ohangda” gapirgan.

    Daniya bosh vaziri idorasi bu izohlarga munosabat bildirar ekan, “anonim manbalar tomonidan berilgan izohlar suhbat talqinini tasdiqlamaydi”, dedi. Ammo suhbatdan ko‘p o‘tmay Daniya Grenlandiya mudofaasiga sarflanadigan xarajatlarni oshirishga qaror qildi. Ammo Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsenning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorning so‘nggi voqealarga hech qanday aloqasi yo‘q. 

    Foto: Google Images

    Mudofaa xarajatlarining oshirilishi

    Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsenning so‘zlariga ko‘ra, Kopengagen ko‘p yillardan beri mudofaa xarajatlarini qisqartirib keladi. Grenlandiyani himoya qilish uchun harbiy kemalar va samolyotlar qurish va sotib olishga yetarlicha sarmoya kiritmagan. Endi rasmiylar bu xatoni tuzatishni rejalashtirmoqda.

    Ular uchta yangi harbiy kemalarni sotib olmoqchi, shuningdek, razvedka uchun chanaga qo‘shilgan itlardan iborat patrul bo‘linmalari sonini ko‘paytirmoqchi. Bundan tashqari, hukumat Arktika va Shimoliy Atlantikada kuzatuv hamda razvedka tizimini ishlab chiqish, uzoq masofalarga uchuvchi ikkita dron apparati xarid qilish uchun 400 million dollar ajratdi.

    Bundan tashqari, 27-yanvar kuni Kopengagen Grenlandiya va Faryer orollari bilan yangi mudofaa shartnomasini imzoladi. Arktikadagi harbiy ishtirokni kuchaytirish uchun  Daniya 14,6 milliard krona (2,1 milliard dollar) ajratishini e’lon qildi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili Daniya o‘zining o‘n yilga mo‘ljallangan mudofaasi uchun 26 milliard dollar yoki yiliga 2,6 milliard dollar ajratgan. Bu mablag‘ning faqat bir qismi Arktikaga sarflanishi rejalashtirilgan edi.

    Biroq, BBC xabariga ko‘ra, mudofaani kuchaytirish rejasi anchadan beri muhokama qilinib kelinmoqda va uni AQSH prezidentining bayonotlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob sifatida qaramaslik kerak.

    Daniya o‘zini himoya qila olmaydi, shuning uchun Yevropa davlatlaridan yordam olmoqchi

    Mudofaa xarajatlarini oshirish Daniya rasmiylari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan biri xolos. Bundan tashqari, ular tashqi yordam olishga harakat qilmoqdalar. 28-yanvar kuni bosh vazir Frederiksen bir kunda Yevropaning uchta davlatiga tashrif buyurdi va u yerdagi chiqishlari chog‘ida “o‘z xavfsizligi uchun ko‘proq mas’uliyatni zimmasiga oladigan kuchliroq va qat’iyatliroq Yevropa” haqida gapirdi.

    Foto: Google Images

    Yevropa rasmiylari Daniya bosh vazirini qo‘llab-quvvatladi. Germaniya kansleri Olaf Shols “chegaralarni kuch bilan o‘zgartirib bo‘lmasligi” va “butun Yevropa bunga qarshi birlashishi”ni ta’kidladi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron "Yevropadagi hamma endi AQSh bilan hamkorlik boshqacha bo'lishini tushungani”ni ta’kidladi.

    NATO bosh kotibi Mark Ryutte, o‘z navbatida, alyans a’zolari Arktikada mudofaani kuchaytirishga harakat qilishlari kerakligini tasdiqladi. Eng balandparvoz bayonotni avstriyalik general va Yevropa ittifoqi harbiy qo‘mitasi raisi Robert Briger aytdi. U Yevropq ittifoqi qo‘shinlarini Grenlandiyaga yuborish imkoniyatini ko'rib chiqishni taklif qildi.

    Mette Frederiksen 3-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Grenlandiya “mamlakat hududining bir qismi ekanligini va sotilmasligini” yana bir bor ta’kidladi. Shuningdek, u yevropalik hamkorlarni Tramp orolni egallash bilan tahdid qilishda davom etsa, uni qat’iy rad etishga chaqirdi.

    Biroq, qat’iy pozitsiyaga qaramay, Daniya rasmiylari Qo‘shma Shtatlar bilan ochiq qarama-qarshilikka kirishni xohlamayapti. Financial Times nashriga ko‘ra, ular Yevropa ittifoqi va NATO ittifoqchilaridan bu masalada vazminlik ko‘rsatishni so‘radi.

    Sababi oddiy: Daniyaning TV2 telekanalida Daniya xalqaro munosabatlar institutining katta ilmiy xodimi Ulrik Pram Gad taʼkidlaganidek, Daniya Grenlandiyani himoya qilishga qodir emas.

    Diplomatik darajada Vashington va Kopengagen muloqotni davom ettirmoqda. 24-yanvar kuni Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussen AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi: rasmiylar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamligicha qolayotganini tasdiqladi. Bir hafta o‘tgach, Rubioning intervyusini sharhlar ekan, Rasmussen “Amerikaning ba’zi manfaatlari aslida bizdagi manfaatlar bilan mos keladi”, deb ta’kidladi. 

    Grenlandiyaliklarning o‘zlari mojaro haqida qanday fikrda?

    AQSHning yangi shtatiga aylanish istiqboli grenlandiyaliklarni u qadar hovliqtirmayapti: aholining 85 foizi bunga qarshi, 55 foizi esa Daniya fuqaroligini saqlab qolishni afzal ko'radi. Shu bilan birga, respondentlarning 45 foizi Trampning orolga bo‘lgan qiziqishi yangi imkoniyatlarni ochib berishi mumkin, deb hisoblasa, 43 foizi buni tahdid deb biladi.

    Foto: Google Images

    Mahalliy hokimiyat vakillari bu qarashlarga quloq solmoqda: Grenlandiya bosh vaziri Mutye Egede hamkorlik qilishga tayyorligini, ammo AQSHga qo‘shilmasligini ma’lum qildi. Orol aholisini xotirjam va birdam bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, Grenlandiyaning asosiy maqsadi to‘liq mustaqillikka erishish ekanini qo‘shimcha qildi. Muxolifatdagi “Siumit” sotsialistik partiyasi ham uning fikriga qo‘shildi.

    Biroq mahalliy hokimiyat organlarining harakatlariga shubha bilan qaraydiganlar ham bor. Grenlandiya munitsipalitetlari assotsiatsiyasining sobiq direktori Marta Labansenning aytishicha, hukumatning mavjud vaziyat va xavf-xatarlar haqida ochiq gapirishni istamasligi “demokratik mamlakat uchun sharmandalik”. Ilgari Grenlandiyada yuqori lavozimlarni egallagan Kay Kleistning ta’kidlashicha, Egedening pozitsiyasi “oxir-oqibat orolni nazorat qiladigan aholi o‘rtasida tushunmovchilikni keltirib chiqaradi”.

    Shu bilan birga, hukmron koalitsiyaning o‘zagini tashkil etuvchi “Xalq hamjamiyati” partiyasi asoschisi Akkaluk Linge tushuntirganidek, mahalliy hokimiyat organlarining ehtiyotkorligini tushunish mumkin, chunki Grenlandiya rahbari hech qachon “mamlakatning mavjudligi xavf ostida bo‘lgan” vaziyatga tushib qolmagan.

    Egede va uning koalitsiyasi keskin harakatlardan qochmoqda, chunki ikki oydan keyin Grenlandiyada parlament saylovlari o‘tkazilishi kerak. Tashqi aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun 3-fevral kuni hukumat parlamentga ko‘rib chiqish uchun maxsus qonun loyihasini taqdim etdi. U siyosiy partiyalarga “xorijiy yoki anonim donorlardan badallarni qabul qilishni” taqiqlaydi va shaxsiy xayriyalarning umumiy miqdorini 200 ming Daniya kronasigacha cheklaydi.

    Ayni paytda Grenlandiya matbuoti xavotirga tushayotgan o‘quvchilarni tinchlantirishga harakat qilmoqda. “Bunday paytlarda o‘zingizni xotirjam saqlash juda muhim. Chuqur nafas oling va yomon ssenariylar haqida o'ylamang”, deydi psixolog Niina Isaksen mahalliy nashrga bergan intervyusida. 

    7 fevral, 17:35   Izoh (0)   4094
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #tramp#grenlandiya#daniya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Politico: AQSH hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi 

    10 yanvar, 23:51

    Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

    11 yanvar, 23:00

    Trampning o‘g‘li Grenlandiyada AQSHni qo‘llab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi — Bild

    12 yanvar, 22:10

    Grenlandiya yetakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

    12 yanvar, 23:30

    Donald Trampning "xarxasha"lari borasida AQSHdagi o‘zbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?

    12 yanvar, 23:02

    Trampga Grenlandiyani sotib olish vakolatini beruvchi qonun loyihasi tayyorlandi

    14 yanvar, 10:10

    AQSHning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi — Daniya razvedkasi

    14 yanvar, 14:15

    Daniya bosh vaziri Tramp bilan Grenlandiya taqdirini muhokama qildi

    16 yanvar, 11:57

    Google xaritalarda Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartiradi 

    28 yanvar, 21:05

    Fransiya Grenlandiyaga qo‘shin yuborishi mumkin

    29 yanvar, 10:48

    Donald Tramp o‘zining kumiri sifatida tilga olayotgan Uilyam MakKinlini aslida kim bo‘lgan?

    30 yanvar, 18:35

    NATO Trampga Grenlandiya bo‘yicha taklif tayyorlamoqda — OAV

    31 yanvar, 16:26

    Vashingtondagi aviahalokat videosini e’lon qilgan aeroportning ikki xodimi hibsga olindi

    5 fevral, 19:25

    Isroil xursand, arab davlatlari g‘azabda. Dunyo Trampning G‘azoni AQSH o‘z nazoratiga olish taklifiga qanday munosabat bildirdi? 

    5 fevral, 19:10

    Isroil Trampning G‘azo bo‘yicha g‘oyalariga quloq solishga chaqirdi 

    5 fevral, 20:55

    Trampga G‘azo haqidagi so‘zlari uchun impichment e’lon qilishmoqchi

    6 fevral, 12:19

    Isroil AQSH ortidan BMT Inson huquqlari kengashidan chiqdi

    6 fevral, 13:15

    AQSH kelasi hafta Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini e’lon qiladi — Bloomberg

    6 fevral, 14:13

    AQSH Isroilga “barcha bombalarning onasi”ni bermoqchi

    6 fevral, 17:00

    G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini tayyorlash Isroil armiyasiga topshirildi 

    6 fevral, 18:10

    Sud Trampning Amerika fuqaroligini olishni cheklovchi farmonini blokladi 

    6 fevral, 19:13

    WP: Maskning xodimlari maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘ldi  

    6 fevral, 22:57

    AQSH Netanyaxu tufayli Xalqaro jinoiy sudga sanksiyalar kiritdi 

    7 fevral, 09:01

    Saudiya Arabistoni Trampning iltimosiga qaramay neft narxini keskin oshirdi 

    7 fevral, 08:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.