Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi so‘nggi 34 yil ichida fransuz klublari orasida muhim natijani qayd etdi. Opta nashri ma’lumotiga ko‘ra, “PSJ” 21-asrda Chempionlar Ligasi yarim final bosqichi safar bahsida g‘alaba qozongan ilk fransuz klubi bo‘ldi.

Oxirgi bor bunday natijani 1991-yilda “Marsel” klubi qayd etgan edi. O‘shanda ular Moskvada “Spartak”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan. Shundan keyin fransuz klublari bunday yutuqqa erishgani yo‘q edi.
Eslatib o‘tamiz, 29-aprel, seshanba kuni UEFA Chempionlar ligasi 2024/25-yilgi mavsum yarim final bosqichining birinchi uchrashuvida “PSJ” Londonda “Arsenal” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona golga Usmon Dembele mualliflik qildi. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 7-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, yarim finalning ikkinchi uchrashuvi bugun, 30-aprel kuni “Barselona” — “Inter” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 00:00 da boshlanadi.
Izoh (0)