UEFA Chempionlar Ligasi yarim final bosqichi doirasidagi “Arsenal” — “PSJ” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Qiziqarli va Keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda parijliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Londonda kechgan uchrashuv taqdirini 1 gol hal qildi. 4-daqiqada Xvicha Kvaratsxelia chap qanotda ajoyib harakatlar amalga oshirib, to‘pni jarima maydoni ichkarisida turgan Usmon Dembelega uzatib berdi. Fransuz hujumchisi esa to‘xtatmasdan zarba yo‘lladi va David Rayya darvozasini ishg‘ol qildi — 0:1.
Mazkur hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarishsiz qoldi hamda “PSJ” yarim finalning ilk uchrashuvida g‘alaba qozonib, javob bahsi oldidan o‘z imkoniyatlarini yaxshilab oldi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 7-may kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.
UEFA Chempionlar Ligasi
Yarim final
29-aprel, seshanba
“Arsenal” — “PSJ” 0:1
Gol: 0:1 — Dembele (4)
Izoh (0)