“PSJ” futbolchilari bu mavsum Chempionlar Ligasida ancha ishonchi o‘yin namoyish etib, ketma-ket raqiblarini mag‘lub etmoqda.

WhoScored nashri xabariga ko‘ra, himoyachi Nunu Mendesh joriy mavsum Chempionlar Ligasi doirasida 85 ta yakka kurashda g‘alaba qozongan. Bu turnirdagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shuningdek, parijliklar yarim himoyachisi Vitinya raqib maydoni hududida 50 marotaba to‘pni egallab olgan. Bu ham turnirdagi barcha futbolchilar orasida eng yaxshi natijadir.
Bundan tashqari, PSJ safida to‘rtta futbolchi har bir o‘yinda o‘rtacha 2 tadan ortiq muvaffaqiyatli dribbling amalga oshiryapti — bu ko‘rsatkich ham barcha jamoalar orasida eng yuqori. Ular orasida Dezire Due (3,1), Xvicha Kvaratsxeliya (2,7), Bredli Barkola (2,6) va Usmon Dembele (2,0) bor.
Ma’lumot uchun, 29-aprel, seshanba kuni “PSJ” safarda “Arsenal”ni mag‘lub etib (1:0), Chempionlar Ligasi javob bahsidan avval o‘z imkoniyatini yaxshilab oldi.
Izoh (0)