“Chelsi” hujumchisi Kristofer Nkunku yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, hujumchini Angliyaning boshqa grandi — “Arsenal” o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Mikel Arteta boshchiligidagi “kanonirlar” fransuz futbolchisi jamoaning taktik sxemalariga to‘liq mos kelishiga ishonmoqda.
Shuningdek, Nkunku transferiga Kataloniyaning “Barselona” klubi ham qiziqish bildirmoqda. “Ko‘k-anorranglilar” yozgi transfer oynasi paytida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy harakat qilib ko‘radi.
26 yoshli hujumchining transfer qiymati 45 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsumda Nkunku Angliya Premyer Ligasi doirasida 42 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Izoh (0)