O‘zbekiston ilg‘or texnologiyalarga tayyorlik darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingida yuqori o‘ringa ko‘tarilib, 87-o‘rinni egalladi. Bu haqda BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) ekspertlari dunyoda sun’iy intellektning rivojlanishi haqidagi hisobotida ma’lum qilingan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, 2033-yilga kelib, dunyoda sun’iy intellekt (SI) qo‘llanilgan mahsulotlar bozori 25 barobarga o‘sib, 4,8 trillion AQSH dollariga yetishi kutilmoqda. Umuman olganda, sayyoradagi ilg‘or texnologiyalar bozori 10 yil ichida 6 barobardan ko‘proq o‘sadi va uning prognoz hajmi 16,4 trillion AQSH dollarini tashkil etadi. 2033-yilga borib aynan sun’iy intellekt texnologiyalari bu bozorda yetakchi o‘rinni egallab, o‘z ulushini 7 foizdan 29 foizgacha oshiradi.
Xalqaro ekspertlarning ogohlantirishicha, sun’iy intellektning jadal rivojlanishi katta imkoniyatlar yaratishi bilan birga, to‘siqlarni ham keltirib chiqaradi. Sun’iy intellekt texnologiyalari bir nechta mamlakatlarda jamlangan bo‘lib, ular ham faol rivojlanmoqda. Shu bilan birga, hali sun’iy intellektga e’tibor qaratmagan kamroq rivojlangan mamlakatlar orqada qolib, teng rivojlanish imkoniyatlarini yo‘qotadi.
UNCTAD ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH, Shvetsiya va Buyuk Britaniya ketma-ket uch yil davomida ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga tayyorlik bo‘yicha mamlakatlarning jahon reytingida peshqadamlik qilmoqda. 2024-yil uchun taqdim etilgan hisobotda 170 ta davlatning tayyorlik indekslari ko‘rsatilgan. Yetakchilarning indeksi yuqori qiymatlar oralig‘ida — 0,94 dan 1 gacha o‘zgarib turadi.
-L6pfVWdp.avif)
Ma’lumotlarga ko‘ra, butunjahon bo‘yicha faqat 42 mamlakatdagina ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga tayyorlik darajasini yuqori deb baholash mumkin. Jumladan, Yevropa va ayrim Osiyo mamlakatlari, jumladan, Xitoy, Yaponiya, Singapur va BAA kabi mamlakatlarda. Ushbu guruhga 0,75 indeks bilan 3-o‘rinni egallagan Rossiya ham kiradi.
O‘zbekiston ushbu reytingda 0,48 indeks bilan 87-o‘rinni egalladi. 2022-yilgi ko‘rsatkich bilan solishtirganda mamlakat uch pog‘onaga ko‘tarilgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda turadi. Boisi Qozog‘istonning indeksi yuqoriroq (0,58), Qirg‘iziston (0,39) va Tojikistonniki (0,17) esa pastroq. Turkmaniston reytingda taqdim etilmagan.
E’lon qilgan boshqa reytinglar
Ranking O‘zbekiston 2025-yil boshida oziq-ovqat narxlari indeksida 139 mamlakat orasida 18-o‘rinni egallaganini ma’lum qilgandi. O‘zbekiston restoranlaridagi narxlar MDHda eng arzoni deb topilgandi. 2025-yilga mo‘ljallangan restoran narxlari indeksi bo‘yicha mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 17-o‘rinni olgandi. Sutli qahva ichimligi — kapuchino arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 126 ta davlat orasida 15-o‘rinni egallagandi.
O‘zbekiston jinsilarning arzonligi bo‘yicha dunyo bo‘yicha 98 ta mamlakat ichida 21-o‘rinni, erkaklar charm poyabzali bo‘yicha — 72, krossovkalar bo‘yicha — 84, yozgi ko‘ylaklar bo‘yicha — 75-o‘rinni egallaganini ham ma’lum qilgandi.
O‘zbekiston xalqaro “Pasport indeks” reytingida 80-o‘rinni egallagani xabar qilingandi.
Izoh (0)