• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Markaziy Osiyo

    Markaziy Osiyo asosiy e’tiborni sun’iy intellektga qaratmoqda

    Markaziy Osiyo davlatlari sun’iy intellekt sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun kuchlarni birlashtirib, bir-birlari bilan faol tajriba almashmoqda. Aksariyat loyihalar GovTech va FinTech, shuningdek, Smart City yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.

    Mart oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Olmaota shahrida bo‘lib, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Amaliy tashrifning asosiy mavzularidan biri yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo‘ldi. Muzokaralar yakunida prezidentlar To‘qayev va Mirziyoyev sun’iy intellektga bag‘ishlangan AlmatyFair.ai ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

    Mazkur uchrashuv mintaqa davlatlarining sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro hamkorligi rivojining mantiqiy davomi bo‘ldi. Joriy yilning 9 mart kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish masalalari yuzasidan munozara bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tashkil etish tashabbusi Tojikiston Respublikasi tomonidan ilgari surildi. Muhokama markazidan Markaziy Osiyoda sun’iy intellekt mintaqaviy markazini tashkil etish masalasi o‘rin oldi. Bundan tashqari, Tojikiston Markaziy Osiyoda sun’iy intellektni gorizontal tartibga solish konsepsiyasini taklif etdi. Taklif mintaqada sun’iy intellekt startaplari soni o‘sishiga turtki bo‘lishi qayd etildi.

    Mazkur masalada Tojikistonning tashabbuskor roli tasodif emas. Aynan Tojikiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib, 2022 yilning sentyabrida sun’iy intellekt sohasida milliy strategiyani qabul qilgandi. Boshqa tomondan, Tojikistonni mintaqa doirasida bo‘lsa-da, yetakchi deb atash mushkul. Kelib chiqishi Dushanbedan bo‘lgan kuchli fin-tex (moliyaviy texnologiyalar) mutaxassislari dunyoga yaxshi tanish. Masalan, Tojikiston, O‘zbekiston va Pokistonda bank xizmatlarini taklif etuvchi Alif kompaniyasi yoki dunyo bo‘ylab moliyaviy muassasalarga sun’iy intellekt instrumentlarini taklif etuvchi zypl.ai. Shunga qaramay, sun’iy intellekt texnologiyalari hali tojik iqtisodiyotining organik tarmog‘iga aylanganicha yo‘q.

    Qo‘shni Qirg‘izistonda yaqin vaqtgacha sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanish darajasi yuqori emasdi. Yagona yorqin loyiha sifatida AkylAI, qirg‘iz tilidagi AI-assistentni ko‘rsatish mumkin. Biroq 2025 yilda mamlakat hukumati mazkur sohani rivojlantirishga faol kirishdi. Jumladan, fevral oyida respublikada sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari yuzasidan milliy kengash tashkil etildi. Tez orada Qirg‘izistonda sun’iy intellekt bo‘yicha Milliy strategiya tasdiqlanishi kutilmoqda. Strategiya sun’iy intellekt davlat ish jarayonlariga tizimli ravishda integratsiyalashishini ko‘zda tutadi.

    Sun’iy intellekt sohasi O‘zbekistonda nisbatan ko‘proq rivojlangan. Soha davlat tomonidan tizimli qo‘llab-quvvatlanmoqda va bu borada sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Masalan, mamlakatda MyID va Uz Face biometrik identifikatsiya tizimlari ishlab chiqilgan. Ular moliyaviy texnologiyalar sohasida — banklar, marketpleyslar va boshqa to‘lov tizimlarida samarali qo‘llab kelinmoqda. Toshkent metrosida Palm ID kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi amal qilmoqda. Bularning bari «Uzinfocom» davlat tuzilmasi loyihalaridir. O‘zbekistonda, shuningdek, sun’iy texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyalar: Billz (riteyl uchun sun’iy intellekt yechimlari), UzbekVoice (nutqni aniqlash), Alif Uzbekistan (fin-tex; Tojikistonda asos solingan, ammo O‘zbekistonda samarali ishlab kelayotgan kompaniya) faoliyat yuritadi.

    Ayni damda mintaqada sun’iy intellekt sohasidagi eng ko‘p loyihalar Qozog‘istonda amalga oshirilgan. Qozog‘iston 2023 yildayoq sun’iy intellektni joriy etishga tayyorlik bo‘yicha top-50 mamlakatlar (Xalqaro valyuta fondi tadqiqoti) qatoriga kirgan. Stenford universiteti (AI Index Report 2024) hisob-kitoblariga ko‘ra, Qozog‘iston milliy qonunchiligini sun’iy intellekt rivojlanishiga muvofiq oqilona moslashtirayotgan top-15 mamlakat qatoriga kirgan.Sun’iy intellekt loyihalari iqtisodiyotning sof tijoriy sohalari, jumladan uning turli tarmoqlarida amalga oshiriladi. Masalan, MED365 kompaniyasi avtomatlashgan tibbiy ko‘riklar uchun dasturiy-apparat majmuasini ishlab chiqqan bo‘lib, ishchilar salomatligini muntazam nazorat qilib borish zarur bo‘lgan ishlab chiqarish sohalarida bunday loyihalarga talab yuqori. Raqamli tashqi reklama bo‘yicha qozoq bozorida yetakchi bo‘lgan Citix kompaniyasi sun’iy intellekt algoritmlarini reklama kampaniyalarini yaratishga moslagan. Sun’iy intellektni neyroradiologiya sohasida qo‘llovchi CerebraAI kompaniyasi AQSHdagi Kremniy vodiysida o‘z bosh ofisini ochgan.

    Qozog‘istonda sun’iy intellektni rivojlantiruvchi eng yirik sektor bu moliyaviy texnologiyalar. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AlmatyFair.ai ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida aynan ushbu soha vakillari bilan ko‘proq muloqot qildi. Xususan, davlat rahbari Kaspi.kz texnologik kompaniyasi rahbari va hammuassisi Mixail Lomtadze va Freedom Holding rahbari Timur Turlov bilan suhbatlashdi. Tadbirkorlarning har biri sun’iy intellektni moliya sohasida qo‘llash bo‘yicha o‘z tajribasi bilan bo‘lishdi.

    — Biz mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasidagi qaysi loyihalarni joriy eta olganimiz, sun’iy intellekt qay tarzda Freedom bankning raqamli mahsulotlarini yaratishga imkon bergani haqida so‘zlab berdik, — deydi Timur Turlov. — Shuningdek, sun’iy intellektni avtosug‘urtalash sohasida: firibgarlikka qarshi kurashish, xavflarni baholash, sug‘urta holatlarini baholashni osonlashtirish uchun qanday qo‘llashimizni ko‘rsatdik. Bu borada biz «Sergek» kompaniyasi bilan faol hamkorlik qilamiz, ular kompyuterli ko‘rish hamda «aqlli shahar» qurish sohasida asosiy ekspertizani taqdim etadi. Ushbu texnologiyalarni «Sergek» hozirda qo‘shnilarimizga, jumladan, O‘zbekistonga faol eksport qilmoqda.

    Timur Turlov tilga olgan Sergek kompaniyasi shahar muhitini boshqarish uchun intellektual yechimlarni ishlab chiquvchilar orasida yetakchilardan biri sanaladi. 2017 yilda Ostonada asos solingan Sergek tizimi yo‘l harakati xavfsizligi va jamoatchilik tartibini oshirishga mo‘ljallangan loyiha sifatida ish boshlagan. Yillar davomida platforma o‘z imkoniyatlarini kengaytirib, shaharni kompleks boshqarish uchun asosiy raqamli instrument bo‘lib xizmat qildi.

    Bugungi kunda Sergek AI Smart City Platform — transport tahlili, trafikni boshqarish, shahar xavfsizligini monitoring qilish, ekologik nazorat va shahar infratuzilmasini raqamlashtirishni qamrab oluvchi integratsiyalashgan sun’iy intellekt yechimi sanaladi. Uning ma’lumotlarni yagona tizimga birlashtirish xususiyati shaharlarga xavfsizlik darajasini oshirish, transport tarmoqlariga bosimni kamaytirish va shahar boshqaruvi jarayonlarini optimizatsiya qilishga yordam beradi.

    Sergek tajribasi Qozog‘iston chegaralaridan tashqariga chiqqan. 2022 yildan buyon tizim Namanganda samarali faoliyat yuritib, sun’iy intellektni O‘zbekistonning shahar infratuzilmasiga joriy etishning ilk namunalaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Kompaniya, shuningdek, Indoneziya va Filippinda ham pilot loyihalarni amalga oshirgan va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Afrika mintaqalaridagi qator mamlakatlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

    Bu kabi yechimlarni rivojlantirish mintaqadagi umumiy trend — ma’lumotlar va texnologiyalarni yanada xavfsiz, samarali va mustahkam shaharlarni qurish uchun qo‘llashga bo‘lgan intilishni aks ettiradi. Namangandagi ijobiy tajriba va O‘zbekistondagi raqamlashtirishga bo‘lgan faol qiziqishni hisobga olgan holda, ushbu sohadagi kelajakdagi hamkorlik istiqbollari katta ahamiyat kasb etadi.

    Mutaxasslarning fikricha, Markaziy Osiyo dasturchilari va tadbirkorlari sa’y-harakatlarining birlashuvi davlat tuzilmalarining qo‘llab quvvatlovi yordamida kuchli sinergetik natija beradi.Hamkorlik va texnologiyalar eksporti borasidagi muvaffaqiyatli tajribani hisobga olgan holda aytish mumkinki, Alif, zypl.ai, Sergek va boshqa kompaniyalar tajribasi mintaqadagi yuqori texnologik startaplar jahon bozorida o‘z ta’sirini kengaytirish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini tasdiqlamoqda.

    9 aprel, 10:30   Izoh (0)   2902
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda yong‘in chiqqan uydan ikki yigit pichoqlangan holda topildi 

    9 aprel, 10:13

    Turkiyada “propiska”li o‘zbekistonliklar soni ochiqlandi

    9 aprel, 09:37

    O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

    9 aprel, 00:03

    Qo‘qonda avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasida 666 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

    8 aprel, 23:35

    “Chorsu”dagi do‘konda chiqqan yong‘in, qirg‘iz-qozoq chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan ayol, uyni buzib kirib ketgan yuk mashinasi: 8-aprelning eng muhim xabarlar...

    8 aprel, 23:12

    Jizzax va Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

    8 aprel, 21:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30

    Alyaskadagi sammit: Putin va Tramp muzokaralari yakunlandi. Ular ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 16 avgust, 09:59

    APL. “Liverpul” 1-turda “Bornmut” darvozasiga to‘rtta gol urdi (video)

    Sport | 16 avgust, 09:37

    Jazo muddatidagi shaxs katta miqdorda soxta dollarlarni sotayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Sirdaryo | 16 avgust, 09:17

    Enzo, Niki, Dino va boshqalar: insonlar sharafiga nomlangan avtomobil modellari

    Shou-biznes | 16 avgust, 09:10

    Magnit bo‘ronlarining Yerga ta’siri kuchayib bormoqda - tadqiqot

    Dunyo | 16 avgust, 08:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.