Daryo

O‘zbekiston kapuchino arzonligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘rinni egalladi 

Qahvaning 126 ta davlatdagi narxlari taqqoslandi

1 daqiqa o‘qish4 846 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston sutli qahva ichimligi — kapuchino arzonligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘rinni egalladi, deb yozmoqda Ranking.

Foto: 101coffee.ru

Dunyoda mashhur bo‘lgan ushbu ichimlikning 126 ta davlatdagi narxlari taqqoslandi. Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 28-fevral holatiga ko‘ra, bir finjon kapuchinoning o‘rtacha narxi O‘zbekistonda 1,64 dollarni tashkil etgan.

Taqqoslash uchun, MDH davlatlari orasida bir finjon kapuchinoning o‘rtacha narxi quyidagicha bo‘lgan:

  • Belarusda — 1,60 dollar;
  • Moldovada — 1,67 dollar;
  • Tojikistonda — 1,68 dollar;
  • Qirg‘izistonda — 2,01 dollar;
  • Qozog‘istonda — 2,14 dollar;
  • Rossiyada — 2,15 dollar;
  • Ozarbayjonda — 3,33 dollar;
  • Armanistonda — 3,46 dollar.

Dunyo bo‘yicha eng arzon kapuchinoni Liviya (0,61 dollar), Jazoir (0,73 dollar) va Tunisda (0,86 dollar) sotib olish mumkin bo‘lgan. Eng qimmat narx esa Daniya (5,71 dollar), BAA (5,57 dollar) va Shveysariyada (5,54 dollar) qayd etilgan.

Bundan avval Ranking O‘zbekiston jinsilarning arzonligi bo‘yicha dunyo bo‘yicha 98 ta mamlakat ichida 21-o‘rinni, erkaklar charm poyabzali bo‘yicha — 72, krossovkalar bo‘yicha — 84, yozgi ko‘ylaklar bo‘yicha — 75-o‘rinni egallaganini ma’lum qilgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar