Daryo

O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari eng arzon 20 mamlakatdan biri bo‘ldi

Turli mamlakatlardagi iste’mol savatchasining nisbiy narxi taqqoslandi

1 daqiqa o‘qish22 989 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston 2025-yil boshida oziq-ovqat narxlari indeksida 139 mamlakat orasida 18-o‘rinni egalladi, deb yozmoqda Ranking.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Oziq-ovqat narxlari indeksi turli mamlakatlardagi iste’mol savatchasining nisbiy narxini aks ettiradi va Nyu Yorkdagi narxlarni 100 foiz deb qabul qiladi. Shunga ko‘ra, indeks ko‘rsatkichi qanchalik past bo‘lsa, mamlakatdagi mahsulotlar Nyu Yorkka nisbatan arzonroq ekanini ifodalaydi va aksincha.

O‘zbekistonda ushbu indeks 26,6 foizni tashkil etdi. Bu O‘zbekistondagi oziq-ovqat narxlari Nyu Yorkdagi narxlarning 26,6 foizini tashkil etishini bildiradi, ya’ni bu mahsulotlar O‘zbekistonda Nyu Yorkdagiga qaraganda o‘rtacha 73,4 foizga arzon.

Reytingga ko‘ra, oziq-ovqat narxi bo‘yicha dunyodagi “eng arzon” davlatlar Pokiston, Afg‘oniston, Misr, Eron va Madagaskar, “eng qimmat”lari esa AQSH Virjiniya orollari, Shveysariya va Islandiyadir.

MDH davlatlari orasida O‘zbekistondan yuqori o‘rinlarni Belarus va Ukraina egallagan, yaʼni bu mamlakatlarda oziq-ovqat narxlari O‘zbekistonga nisbatan arzonroq. O‘z navbatida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Moldova va Armanistonda oziq-ovqat mahsulotlari O‘zbekistonnikidan qimmat ekani ko‘rsatilgan.

Isteʼmol savatchasi muayyan vaqt (oy, yil)da isteʼmol etiladigan mahsulotlar turi va to‘plamining oila yoki jon boshiga hisoblangan miqdoridir. O‘zbekistonda 2025-yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq O‘zbekiston restoranlaridagi narxlar MDHda eng arzon deb topilgandi. 2025-yilga mo‘ljallangan restoran narxlari indeksi bo‘yicha mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 17-o‘rinni olgandi. Sutli qahva ichimligi — kapuchino arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 126 ta davlat orasida 15-o‘rinni egallagandi. 

Ranking O‘zbekiston jinsilarning arzonligi bo‘yicha dunyo bo‘yicha 98 ta mamlakat ichida 21-o‘rinni, erkaklar charm poyabzali bo‘yicha — 72, krossovkalar bo‘yicha — 84, yozgi ko‘ylaklar bo‘yicha — 75-o‘rinni egallaganini ham ma’lum qilgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar