Ko‘rfaz hamkorlik kengashi Bosh kotibining siyosiy masalalar va muzokaralar bo‘yicha yordamchisi doktor Abdulaziz Al-Uvayshiq Saudiya Arabistoni Ko‘rfaz davlatlari va Markaziy Osiyo mintaqasi birinchi sammitiga Jidda shahri mezbonlik qilishida hal qiluvchi o‘rin egallagani, mamlakat ayni formatdagi hamkorlikni mustahkamlashdan eng manfaatdor davlatlardan biri ekanini ta’kidladi.
Mulozim bu fikrni Saudiyaning yetakchi davlat axborot agentligi — SPA muxbiriga Ar-Riyoddagi kengash bosh kotibiyati qarorgohida bo‘lib o‘tgan simpozium chog‘ida bergan bayonotida aytgan.

Intervyuda tomonlar sherikligi Jidda sammitida tasdiqlangan qo‘shma harakat rejasiga asoslanib, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, sport, shuningdek, siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot sohalarini qamrab olganiga e’tibor qaratilgan.
To‘g‘ridan to‘g‘ri quruqlik yoki dengiz transporti zanjiri yo‘qligiga qaramay, ikki mintaqa hamkorligining sezilarli taraqqiyotiga guvohmiz, deya so‘zini davom ettirgan Abdulaziz Al-Uvayshiq. — Oxirgi sakkiz yilda tovar ayirboshlash o‘n barobar oshdi, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ustuvor yo‘nalishlar hisoblangan energetika, infratuzilma sohalariga o‘zaro investitsiya oqimi tezlashgan.
Izoh (0)