Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan yerosti boyliklari bo‘yicha bitimni “darhol” imzolashni talab qildi va Ukraina imzolashni uch haftaga kechiktirganini taʼkidladi:
“Vladimir Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina Qo‘shma Shtatlar bilan noyob yer elementlari to‘g‘risida juda muhim kelishuv bo‘yicha yakuniy hujjatlarni imzolamadi. Bu hujjat kamida uch haftaga kechikdi. Umid qilamanki, u hoziroq imzolanadi”, deb yozdi Tramp.
U, shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasida umumiy tinchlik kelishuvi bo‘yicha ish muammosiz davom etayotganini qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, o‘tgan hafta imzolangan memorandumga ko‘ra, bitim loyihasini muhokama qilish bo‘yicha ishlar 26-aprelgacha yakunlanishi kerakligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)