Italiya A Seriyasi 34-turidagi “Inter”—“Roma” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda rimliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. 22-daqiqada “Roma” hisobda oldinga chiqib oldi. Mattias Sule mezbonlar jarima maydonchasi ichidagi pala-partishlikdan unumli foydalanib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “bo‘rilar”ning o‘yindagi yagona goliga hammualliflik qildi.
Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham qiziqarli kechdi, biroq darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi. Shu tariqa “Roma” Italiya chempionatida ketma-ket 17-uchrashuvida mag‘lub bo‘lmadi. Rim klubi 34-turdan keyin 60 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. “Inter” esa 71 ball bilan 2-pog‘onani band etgan.
A Seriya
34-tur
27-aprel, yakshanba
“Inter” — “Roma” 0:1
Gol: 0:1 — Mattias Sule (22)
Izoh (0)