• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Jahon chempionatiga yo‘l xatarli Qatar orqali bo‘ladi: O‘zbekiston Osiyo Kubogidagi mag‘lubiyat uchun qasos oladimi?

    Ertaga, 14-noyabr kuni Dohada joylashgan Jassim Bin Hamad stadionida Qatar va O‘zbekiston terma jamoalari to‘qnash keladi. Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan uchrashuv ikki jamoa uchun ham ahamiyatli hisoblanadi.

    Uchrashuvda koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam sifatida Kim Jonghyok ishlasa, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam sifatida Chae Sanghyop ishlaydi. VAR hakami bo‘lib Kim Hegon faoliyat olib boradi.

    Ertangi bahsda mezbonlar qizil libosda, O‘zbekiston jamoasi oq liboslarda maydonga tushadi.

    Foto: “O‘FA”

    4 turdan so‘ng O‘zbekiston jamoasi 10 ochko bilan A guruhida Eron bilan birgalikda yetakchilik qilmoqda. Jamoa uchrashuvlarning 3 tasida g‘alaba qozondi va forslarga qarshi uchrashuvda durang qayd etdi.

    Qatar jamoasi esa o‘yinlarning faqat bittasida g‘alaba qozondi va bir uchrashuvda durang qayd etdi. 2 bahsda mag‘lubiyatga uchragan arablar 4 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 

    Foto: The-AFC

    O‘zaro o‘yinlar natijasi

    O‘zbekiston hamda Qatar jamoalari 15 bor rasmiy uchrashuvlarda qatnashgan. Uchrashuvlarning 9 tasida o‘zbekistonliklar g‘alaba qozongan, 4 uchrashuvda qatarliklarning qo‘li baland kelgan. Bahslarning 2 tasida durang qayd etilgan.

    O‘zbekiston terma jamoasi Qatarni 2 bor 4 to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan. 2009-yili bo‘lib o‘tgan uchrashuv 4:0 hisobida yakunlandi. 2013-yil Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘zbekistonliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

    2014-yil Qatar jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston milliy jamoasini 3:0 hisobida mag’lubiyatga uchratgan. Bu hisob arablarning o‘zbekistonliklar ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi hisoblanadi.

    Terma jamoalarning so‘nggi uchrashuvi Osiyo Kubogi doirasida yuz bergan edi. Uchrashuvning asosiy vaqtida durang qayd etilgan o‘yinda O‘zbekiston jamoasi penaltilar seriyasida 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

    Jamoa aynan shu mag‘lubiyat qasosini olishga urinib ko‘radi.

    O‘zaro o‘yin natijalari

    • Osiyo Kubogi. 2024-yil, 3-fevral Qatar—O‘zbekiston 1:1;
    • FIFA xalqaro o‘rtoqlik o‘yini. 2018-yil, 16-oktyabr O‘zbekiston—Qatar 2:0;
    • Jahon Chempionati saralashi. 2017-yil, 28-mart O‘zbekiston—Qatar 1:0;
    • Jahon Chempionati saralashi. 2016-yil, 6-sentyabr Qatar—O‘zbekiston 0:1;
    • FIFA xalqaro o‘rtoqlik o‘yini. 2014-yil, 6-oktyabr Qatar—O‘zbekiston 3:0.

    So‘nggi o‘yin natijalari

    O‘zbekiston milliy jamoasi so‘nggi 5 o‘yinning uchtasida g‘alaba qozondi va 2 bor durang qayd etdi. Ushbu uchrashuvlarning 2 tasida O‘zbekiston jamoasi Eronni yenga olmadi. 

    • O‘zbekiston—BAA 1:0, (2024-yil, 15-oktyabr);
    • O‘zbekiston—Eron 0:0, (2024-yil, 10-oktyabr);
    • Qirg‘iziston—O‘zbekiston 3:2, (2024-yil, 10-sentyabr);
    • O‘zbekiston—KXDR 1:0, (2024-yil, 5-sentyabr);
    • Eron—O‘zbekiston 0:0, (2024-yil, 11-iyun).

    Qatar jamoasi so‘nggi 5 o‘yinning 2 tasida g‘alaba qozondi. Shimoliy Koreya bilan durang qayd etgan qatarliklar BAA va Eron jamoalariga mag‘lubiyatga uchradi.

    • Eron—Qatar 4:1, (2024-yil, 15-oktyabr);
    • Qatar—Qirg‘iziston 3:1, (2024-yil, 10-oktyabr);
    • KXDR—Qatar 2:2, (2024-yil, 10-sentyabr);
    • Qatar—BAA 1:3, (2024-yil, 5-sentyabr);
    • Qatar—Hindiston 2:1, (2024-yil, 11-iyun).

    Yo‘qotishlar

    O‘zbekiston terma jamoasining tajribali hujumchilaridan biri Oston O‘runov uchrashuvda qatnasha olmaydi. Uning o‘rniga “Neftchi” klubi futbolchisi Azizbek Amonov jalb etilgan. Qolgan barcha futbolchilar bahsga tayyor. Jaloliddin Masharipov biroz shamollab qolgani haqida ma’lum qilgandi. Ammo katta ehtimol bilan jamoa yetakchilaridan bo‘lgan futbolchi maydonga tushadi.

    Qatar jamoasi ideal tarkib bilan o‘yinga tayyor. O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda turli sabablar bilan maydonga tusha olmaydigan futbolchilar haqida ma’lumotlar yo‘q.

    Eng qimmat o‘yinchilar

    Foto: Transfermarkt

    Terma jamoaning chap qanot hujumchisi Akram Afif qatarliklar safida eng qimmat o‘yinchi hisoblanadi. U Transfermarkt tomonidan 6 million yevroga baholangan. Jamoa hujumchilaridan yana biri Almoez Ali 3 million yevrolik narx bilan jamoada ikkinchi futbolchi sifatida e’tirof etilgan. Kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan Edmilson 2 million yevro qiymatga ega.

    Foto: Transfermarkt

    O‘zbekiston tarkibidagi Abbosbek Fayzullayev Rossiyaning “SSKA” klubida to‘p suradi. Portal uning transfer qiymatini 6 million yevroga baholagan. “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 5 millionlik qiymatga ega. Jamoa to‘purari va “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov ham shunchaga baholangan.

    Uchrashuv haqida

    Ushbu o‘yin har ikki jamoa uchun o‘ta muhim. Mehmonlar 3 ochko evaziga qatarliklar bilan oradagi farqni 9 ochkoga yetkazadi va Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun katta qadam tashlaydi. Qolaversa, mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib kelayotgan Srechko Katanes shogirdlari Osiyo Kubogidagi mag‘lubiyat uchun o‘ch olib, muxlislarni xursand qilishga chog‘langan. 

    Qatarliklar esa ushbu o‘yindagi mag‘lubiyat ularni yo‘llanmadan ancha uzoqlashtirishini yaxshi tushunib turibdi. Uchrashuvdagi g‘alaba jamoaga O‘zbekiston bilan farqni uch ochkogacha qisqartirish imkonini beradi.

    O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ushbu o‘yinda hujumkorlikka e’tibor berish bilan bir qatorda gol o‘tkazib yubormaslik kerakligini ta’kidlagan.

    Hozirda jamoa sardori yetarli o‘yin amaliyotiga ega emas, ammo uning ortida harakatlanayotgan Abbosbek Fayzullayev ajoyib formada. Bundan tashqari himoyada to‘p surayotgan Abduqodir Husanov ishonchli o‘yini sabab top jamoalar nigohida. Shunday ekan jamoa himoyani mustahkam saqlagan holda hujumdagi imkoniyatlardan foydalanib g‘alaba qozonishiga ishonish mumkin.

    O‘zbekiston terma jamoasi Qatar va Shimoliy Koreya bilan bahslarni safarda o‘tkazadi. Ushbu ikki o‘yindagi g‘alaba terma jamoaning mundialga chiqish imkoniyatlarini 90 foizga yetkazadi.

    2025-yilni o‘zbekistonliklar o‘z maydonida qo‘shni Qirg‘izistonga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Katanes shogirdlari nazariy jihatdan imkoniyatlari o‘zlari bilan teng jamoalarga qarshi navbatdagi 3 bahsda 9 ochko olishni uddalasa, 2026-yilgi Jahon chempionatiga “bir oyog‘i bilan” yo‘l olishga ulguradi. Bunda Eron ham ishonchli o‘ynashi va raqiblarini mag‘lub etishi zarur.

    Ma’lumot uchun, Qatar — O‘zbekiston uchrashuvi 14-noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da Jassim bin Hamad stadionida start oladi.

    13.11.2024, 15:06   Izoh (0)   38609
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston milliy jamoasi#Jahon Chempionati saralashi#Qatar terma jamoasi
    Erkin G‘aybullayev

     

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vitaliy Denisov: Yo‘lkiraga ham pul topa olmagan vaqtlarim bo‘lgan

    25.02.2015, 11:12

    Babayan Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonlik 23 futbolchi nomini e’lon qildi

    11.11.2015, 10:58

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan JCh saralashlarida ochko yo‘qotmagan va gol o‘tkazmagan

    29.03.2016, 10:42

    Suriya bilan boshlaymiz, Janubiy Koreya bilan tugatamiz. O‘zbekistonning JCh—2018 saralashidagi o‘yinlari taqvimi — bitta rasmda

    12.04.2016, 14:05

    2018-yil davomida o‘zbekistonlik futbolchilar va muxlislarni qanday musobaqalar kutib turibdi?

    03.01.2018, 13:20

    Shatskix, Geynrix, Shomurodov va boshqalar. O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

    26.08.2021, 08:16

    Iordaniyadan javobsiz 3 ta gol o‘tkazgan O‘zbekiston, “PSJ”da qachon debyut qilishi aniq bo‘lgan Ramos va muddatidan oldin JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan German...

    12.10.2021, 22:12

    “PSJ”ga qarshi o‘ynashi mumkin bo‘lgan Masharipov, “Nyukasl”dan keyin Italiya grandiga ko‘z tikkan saudiyaliklar va rekordlarni yangilashdan charchamaydigan Ronald...

    13.10.2021, 23:01

    Jahon chempionatida 2-o‘rinni egallagan yosh sambochilar, yana Messi bilan birlashishi mumkin bo‘lgan Aguero va “Oltin to‘p” uchun tanlovini aytgan de Bryuyne. Eng...

    18.10.2021, 22:57

    Chap qanot qiroli. Nikolay Shirshovning O‘zbekiston terma jamoasidagi eng yorqin o‘yinlarini eslab

    28.12.2021, 22:31

    Tarix yozgan shaxmatchilar, to‘xtashni bilmayotgan Chusovitina, Nuriddinovning kambeki va intrigaga boy bo‘lgan Superliga. O‘zbek sportida yil sarhisobi

    31.12.2022, 18:00

    FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston 2 pog‘ona yuqoriladi

    20.06.2024, 15:37

    Otabek Shukurov: “Potensialimiz Jahon chempionatiga chiqish uchun yetarli”

    04.09.2024, 10:40

    JCH—saralashi. Qirg‘iziston va O‘zbekiston futbolchilarining o‘yini qanday baholandi?

    11.09.2024, 09:34

    Asosiy himoyachisiz qolgan Eron bosh murabbiysiz O‘zbekistonga qarshi: futbolchilarimiz qora an’anaga chek qo‘ya oladimi?

    09.10.2024, 15:37

    O‘zbekiston — BAA uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqaradi

    12.10.2024, 14:27

    BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

    14.10.2024, 09:57

    “Barselona”ning sobiq ustozi Qatar termasini boshqarishi mumkin 

    21.10.2024, 11:20

    O‘zbekistonlik mutaxassis Afg‘oniston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

    22.10.2024, 17:20

    Muvaffaqiyat turniri: UZCARD futbol ligasi finali NBUning g‘alabasi bilan yakunlandi!

    22.10.2024, 18:00

    Abduqodir Husanov APLda o‘ynash uchun talablarga javob beradimi? Mutaxassis javob berdi

    23.10.2024, 14:43

    FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston milliy jamoasi ikki pog‘ona yuqoriladi

    24.10.2024, 14:04

    IFFHS: Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga da’vogar

    25.10.2024, 14:32

    Muxlislar talqiniga ko‘ra Abduqodir Husanov oktyabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

    30.10.2024, 10:50

    Srechko Katanes noyabr oyi o‘yinlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi 

    06.11.2024, 11:18

    Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Eronda o‘tkazilgan xalqaro festival g‘olibi bo‘ldi 

    08.11.2024, 14:20

    Abduqodir Husanov nechta o‘yinga chetlatilgani ma’lum bo‘ldi

    09.11.2024, 18:57

    Jaloliddin Masharipov: “Qatar bilan hisob-kitobimiz bor”

    12.11.2024, 10:33

    “Qatarni o‘zimizga yaqinlashtirmaslikka harakat qilamiz” — Eldor Shomurodov 

    12.11.2024, 22:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Karl Lagerfeldning Parijdagi villasi auksionda 5 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 4 iyul, 19:45

    Taxtaqoracha dovonida yirik yong‘in kelib chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 4 iyul, 19:35

    Isroil zamonaviy tarixdagi eng mudhish genotsid uchun javobgar — BMT

    Dunyo | 4 iyul, 19:26

    Garri Potterdan Cheburashkagacha: ta’tilda bolalarga ko‘rsatish kerak bo‘lgan 10 ta film

    Kino | 4 iyul, 19:10

    Qozon shahri havo hududining yopilishi sabab Farg‘onadan uchuvchi aviareys kechiktirildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 19:00

    Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 18:51

    Londondagi osmono‘par bino ustida gigant Supermen haykali paydo bo‘ldi

    Kino | 4 iyul, 18:47

    Efiopiya Nil bo‘yida mega to‘g‘on qurilishini yakunladi

    Dunyo | 4 iyul, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.