Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi vakillari fuqaro M.T.ning Novosibirskda dunyoga kelgan qiz farzandi uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatdi.
Natijada barcha rasmiyatchiliklar qisqa muddatda hal etildi va zarur hujjatlar fuqaroga topshirildi.
Ona va bola 23 aprel kuni “Novosibirsk—Toshkent” aviareysi bilan O‘zbekistonga sog‘-salomat qaytdi.
Xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar
2024-yil avgust—sentyabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi. Oktyabr oyida Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik chaqaloq O‘zbekistonga, ota-onasi bag‘riga qaytarildi. Moskvadagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi. O‘sha oyda Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Noyabrda Dubayni tark etish taqiqlangan o‘zbekistonlik bolaga vatanga qaytishiga yordam berildi. Dekabrda Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Rossiyaning Tiva Respublikasi Oq Dovurak shahrida vaqtincha ishlayotgan va hujjatlarini yo‘qotgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgandi.
- Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
- Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
- Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
- Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga olib kelindi
- Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi
Izoh (0)