Sifatli va muntazam uyqu organizm tizimlarini tartibga soladi va kun davomida sarflangan resurslarni tiklaydi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti statistikasiga ko‘ra, yosh va o‘rta yoshdagi odamlarning taxminan 50 foizi yengil va o‘rta darajadagi uyqu buzilishidan aziyat chekadi. Keksa yoshda insomniya 70-80 foiz holatlarda kuzatiladi. Barcha yoshdagi odamlarning taxminan 10-15 foizi uyqu buzilishining og‘ir belgilari bilan kurashadi.

Ko‘p hollarda uyqu buzilishining nomuntazam epizodlari hech qanday jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Lekin surunkali uyqusizlik haqida bunday deb bo‘lmaydi, chunki u kunduzgi vaqtda uyquchanlikka, kayfiyatning nostabilligiga, ish qobiliyatining pasayishiga, og‘ir hollarda esa depressiya, xavotirli buzilish kabi ruhiy kasalliklarga olib keladi. Agar sifatli uyqu bir oydan ortiq vaqt davomida bo‘lmasa, organizm resurslari tugaydi va “boshqaruv kasalliklari” deb ataladigan kasalliklar shakllanadi. Bunga uyqu patologiyalari va uyquni o‘zboshimcha cheklash yoki rejimni buzish sabab bo‘ladi.

Uyqusizlikning davosi bormi?
Uyqusizlikni faqat kompleks tarzda davolash mumkin, bunday yondashuv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- dori-darmonlarsiz usullar;
- dori-darmonlar bilan davolash;
- profilaktika choralari.
Avvalo quyidagilarni sinab ko‘rish kerak:
- uyquga ketish uchun qulay sharoit yaratish;
- muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish;
- uyqu buzilishiga sabab bo‘lgan turmush tarzi elementlarini o‘zgartirish.
Uyqu buzilishini davolash qanday usullar bu muammoni hal qilishga imkon beradi?
Dori-darmonlarsiz usullarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Psixoterapiya. Agar uyqu bilan bog‘liq muammolar stress, xavotir, depressiya, nevrotik reaksiyalar tufayli yuzaga kelsa, u yordam beradi;
- Fizioterapiya muolajalari. Masalan, elektroson, suv muolajalari, massaj;
- Uyqudan oldin toza havoda sayr qilish;
- Uyqudan bir necha soat oldin yorug‘likni, shovqinni yo‘qotish. Uxlash uchun quloqchin va maxsus niqoblardan foydalanish mumkin. Yorug‘likni pasaytirish muhim, chunki u melatonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi;
- Xonani shamollatish.
Shifokor qanday dori-darmonlarni tayinlashi mumkin?

Dori-darmonlar bilan davolash uyqu buzilishi sabablari aniqlanganidan keyin nevrolog yoki somnolog tomonidan shaxsan tanlanishi kerak. Bunday dori-darmonlarga quyidagilar kiradi:
- Melatonin preparatlari. Uyqusizlikdan aziyat chekadigan odamlarda, odatda, melatonin ishlab chiqarish pasaygan bo‘ladi. Maʼlumki, bu neyromediator uyqu va uyg‘onish siklini tartibga soladi. Biroq melatonin dori-darmonlar guruhida emas, balki biologik faol qo‘shimchalar guruhida bo‘lishiga qaramay, uni nazoratsiz qabul qilish bosh og‘rig‘i, kunduzgi uyquchanlik va mashina haydashda reaksiyaning pasayishi kabi nojo‘ya taʼsirlarga olib kelishi mumkin;
- Uyqu dorisi. Odatda o‘tkir uyqu buzilishlarida birinchi yordam vositasi sifatida qisqa muddatli kurs sifatida tayinlanadi. Shunga qaramay, uyqu dorisi yoki boshqa vositalar uyqusizlikni davolashda yagona usul sifatida qo‘llanilmaydi. Aks holda, qabul qilish rejimi yoki dozasi buzilganda bog‘liqlik shakllanadi;
- Trankvilizatorlar, neyroleptik va antidepressantlar.
Nerv tizimining holatini normallashtirish orqali uyqu tuzatiladi. Bu dori-darmonlar guruhi uyqusizlikni davolashda, sabablari emotsional va ruhiy buzilishlar yoki kasalliklar bo‘lgan murakkab holatlarda qo‘llaniladi.

Xulosa qilib aytganda, uyqusizlikning oldini olish uchun:
- O‘zingizning sirkadiy ritmlaringizga mos keladigan barqaror hayot ritmini ishlab chiqing va saqlang. Sirkadiyalik ritmlar yorug‘lik darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lganligi sababli uyg‘onganingizda darhol yorug‘likni yoqishingiz yoki pardalarni ochishingiz kerak.Keyin kunduzgi vaqtda yetarli yorug‘likni taʼminlash kerak. Kun davomida, imkonsiz bo‘lsa ham, kunduzgi yorug‘likni ko‘rishga harakat qilish, yoki sunʼiy yoritishni taʼminlash kerak. Kechqurun va uyqu davrida esa yorug‘lik bo‘lmasligi kerak;
- Kun davomida jismoniy faollikka vaqt ajratish juda muhim. Biroq uyqudan bir necha soat oldin faollik darajasi tinch qadamda yurishgacha pasaytirilishi kerak;
- Kognitiv xulq-atvor terapiyasi, nafas olish amaliyotlari, shu jumladan, meditatsiya usullarini qo‘llab, stress darajasini pasaytirish kerak.
Foto: Pinterest
Eng muhimi, patologik uyqu buzilishining birinchi belgilari paydo bo‘lganda, organizmdagi tartibga solish tizimining jiddiy buzilish xavfini kamaytirish uchun somnolog yoki nevrologga murojaat qilish kerak. Buzilish qancha ko‘p davom etsa, u bilan kurashish qiyinlashadi.
Izoh (0)