Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik harakati O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi tomonidan, Ichki ishlar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘magida amalga oshirildi.
21-aprel kuni voyaga yetmagan fuqaro Toshkent xalqaro aeroportida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan kutib olindi va o‘sha yerning o‘zida “Inson” markazi tomonidan unga vasiy etib tayinlangan yaqin qarindoshiga topshirildi.
Mazkur holatda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatadi, ularni jamiyatga moslashtirish va psixologik reabilitatsiyaga yo‘naltirilgan xizmatlar bilan ta’minlaydi.
Xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar
2024-yil avgust—sentyabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi. Oktyabr oyida Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik chaqaloq O‘zbekistonga, ota-onasi bag‘riga qaytarildi. Moskvadagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi. O‘sha oyda Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Noyabrda Dubayni tark etish taqiqlangan o‘zbekistonlik bolaga vatanga qaytishiga yordam berildi. Dekabrda Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Rossiyaning Tiva Respublikasi Oq Dovurak shahrida vaqtincha ishlayotgan va hujjatlarini yo‘qotgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgandi.
- Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
- Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
- Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
- Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga olib kelindi
- Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi
Izoh (0)