Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 1-yanvar kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 13:00 atrofida tuman hududidan o‘tuvchi M-39 Termiz—Toshkent avtomobil yo‘lida ob-havo yomonlashib, yomg‘ir yog‘gan. Cobalt haydovchisi (1990-yilda tug‘ilgan) buni inobatga olmay, tezlik bilan harakatlangan. Oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi A.M. va avtomobilda bo‘lgan 4 nafar yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan,
Hozirda YTH yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)