Moskva va Sankt-Peterburg oralig‘idagi M-11 trassasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi (YTH) sodir bo‘ldi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-05-16_20-38-17.jpg)
Hodisa 15-may kuni ertalab trassaning 641-kilometrida yuz bergan. Bir nechta avtomobil ishtirokidagi avariyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-05-16_20-38-18.jpg)
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-05-16_20-44-40.jpg)
O‘zbekistonliklar Tosno klinik tumanlararo kasalxonasiga olib ketilgan.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-05-16_20-44-54.jpg)
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-05-16_20-44-47.jpg)
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, tezlik meʼyoriga amal qilmaslik va mashinalar orasidagi yaqin masofa avariyaga sabab bo‘lgan. Guvohlar yengil avtomobil va mikroavtobus to‘qnashgani, oqibatda avtobus ag‘darilganini aytgan.
Izoh (0)