Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida ko‘rishning nolga tengligi sababli 15 ta mashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.
Hodisa 14-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:20 da Ostona-Petropavlovsk trassasida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q. Dam olish kunlari Oqmo‘la viloyatidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli politsiya 600 ga yaqin avtomobilni kuzatib qo‘ygan.
“Politsiya fuqarolardan belgilangan tezlik, interval va masofaga rioya qilishga, shuningdek, favqulodda xizmatlarning yo‘l harakati cheklovlari haqidagi xabarlarini diqqat bilan kuzatishga va yomon ob-havo sharoitida aholi punktlaridan tashqariga chiqmaslikka harakat qilishga chaqiradi. Shu tariqa siz o‘zingizning va yo‘lovchilaringizning hayotini xavfsiz saqlaysiz”, — deydi politsiya departamenti.
Izoh (0)