Jizzaxda tezlikni oshirib haydagan Nexia-2 haydovchisi YTH sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 5-sentabr kuni soat 11:30 lar atrofida Jizzax shahri Islom Karimov ko‘chasidagi chorrahaga yaqin joyda sodir bo‘lgan. Nexia-2 haydovchisi belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilmagani, oraliq masofa saqlamagani sababli o‘zidan oldinda to‘xtab turgan 3 ta avtomashinaga borib urilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Nexia-2 va 3 ta avtomobilga texnik shikast yetgan.
Mavzuga doir:
Namanganda “IJ-2715” ikkita Damas bilan to‘qnashdi
Toshkentda 2 ta Spark va Mercedes-Benz 220 ishtirokida YTH yuz berdi
Izoh (0)