Daryo

Andijonda Onix urib yuborgan Labo ag‘darilib ketdi (video)

18 yoshli yigit “prava”siz Onix boshqargan

1 daqiqa o‘qish5 561 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit mashina boshqarib, avtohalokat sodir etdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi. 

Unga ko‘ra, holat 27-may kuni soat 15:20 larda Andijon tumani “Chem” mahallasi Andijon—Asaka yo‘nalishida sodir bo‘lgan. 2006-yilda tug‘ilgan M.M. o‘zining Onix mashinasini tegishli hujjatlarsiz (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) boshqarib borishi davomida tezlik meyoriga hamda oraliq masofa saqlash qoidalariga rioya qilmagan. 

Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Labo’ning orqa qismiga borib urilishi ortidan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Mazkur YTH oqibatida Labo va Onix texnik shikastlangan, Labo’ning yo‘lovchisi shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar