Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 7-iyun kuni Matiz avtomashinasi yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi shu kuni soat taxminan 04:00 larda Yakkasaroy tumani Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Haydovchi (1989-yilda tug‘ilgan) B.A. Matiz avtomashinasida harakatlanib, tezlik oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
YTH oqibatida mashina haydovchisi hamda uning yo‘lovchisi Z.K. (2000-yilda tug‘ilgan) voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)