• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Avtobus — xavfsiz, arzon, qulay va ishonchli jamoat transporti(mi?). Yildan yil nega yo‘lovchi, piyodalar halokati va ayanchli YTHlar soni ko‘paymoqda?

    Jamoat transporti — jamoatniki. “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, birgina Toshkent shahrida ushbu transport tarkibiga kiruvchi avtobuslardan 2021-yilning o‘zida 147 million 225 ming 100 nafar yo‘lovchi foydalangan. Yuz yoki ming emas, millionlab kishini manziliga eltadigan transport xavfsiz, qulay, ishonchli bo‘lishi kerak.

    Oxirgi ikki yil — 2021—2022-yillari avtobuslarga oid odamni xavotirga soladigan yo‘l-transport hodisalari haqidagi xabarlar shunchalik ko‘paydiki, aksar yo‘lovchi bu transport vositasidan foydalanish yoki yo‘qligi borasida ikkilanib ham qoldi. “Daryo” so‘nggi ikki yildagi avtobuslar bilan bog‘liq eng ayanchli, qurbonlari bor, atrofdagilar salomatligi va harakat xavfsizligiga xavf tug‘dirgan YTHlarni bir sahifaga jamladi.

    Toshkentda avtobus bekatda turgan ikki piyodani urib yubordi

    2021-yil 28-aprel kuni soat 13:45 atrofida 86-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz avtobusi ikki piyodani urib yuborgan.

    “Toshshahartransxizmat” surishtiruviga ko‘ra, voqea quyidagicha bo‘ladi. Haydovchi THAY ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtda yurak-qon tomir jarrohlik klinikasi bekatida unga nisbatan oldinda ketayotgan transport vositasi keskin to‘xtashi natijasida avtobusni o‘ngga burgan va bekat yonida turgan ikki piyodani urib yuborgan.

    2021-yil 28-aprel kuni soat 13:45 atrofida 86-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz avtobusi ishtirokidagi YTH

    2021-yil 28-aprel kuni soat 13:45 atrofida 86-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz avtobusi ishtirokidagi YTH
    Kadr: Videodan skrinshot

    Jabrlanuvchi piyodalar N.D va O.L.ga hodisa oqibatida yengil tan jarohati yetgan va 16-tez tibbiy yordam ko‘rsatish shifoxonasiga yetkazilgan.

    Yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabarda avtobus haydovchisi M.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) alomatlari mavjudligini inobatga olib, ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.

    Isuzu Matiz’ga urilib ketib, ag‘darildi. To‘rt yo‘lovchiga tan jarohati yetdi

    2021-yilning 7-may kuni soat 11:15 atrofida Toshkent shahri Sergeli tumanida 130-sonli Isuzu avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 12-avtobus saroyi tasarrufidagi ushbu Isuzu Nilufar 3-tor ko‘chasi bo‘ylab Nilufar chorrahasi tomon boshqarib kelinayotgan vaqtda mazkur chorrahada Matiz rusumli yengil avtomobil uning chap tomoniga kelib urilgan. Natijada avtobus muvozanatni yo‘qotib, ag‘darilgan.

    Dastlabki ma’lumotlarda ushbu yo‘l-transport hodisasi Matiz haydovchisining yo‘l harakati qoidalarini buzishi natijasida sodir bo‘lgani aytilgan.

    Mazkur YTH oqibatida avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisiga tan jarohati yetgan va ular Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

    Samarqanddagi avtobus va Nexia to‘qnashishi oqibatida yengil mashina haydovchisi vafot etdi

    2021-yil 18-may kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida Nexia-3 hamda avtobus ishtirokida avariya sodir bo‘lgan. Oqibatda yengil avtomashina haydovchisi halok bo‘lgan. Avtobus haydovchisi esa tuman Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

    2021-yil 18-may kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida Nexia-3 hamda avtobus ishtirokida avariya

    2021-yil 18-may kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida Nexia-3 hamda avtobus ishtirokida avariya
    Kadr: YouTube

    Tafsilotlarga ko‘ra, soat 00:30 larda tumanning “Kichik keldon” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-47 ichki avtomobil yo‘lining 16-kilometrida 28 yoshli Nexia-3 haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va 25 yoshli fuqaro boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashgan.

    Toshkentda ikki avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda bir piyoda halok bo‘ldi

    2021-yil 29-may kuni Toshkent halqa yo‘li va Bunyodkor shohko‘chalari kesishmasidagi aylanma ko‘prik ustida ikki avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, avtobuslardan biri piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan fuqarolarga yo‘l berib to‘xtagan paytda uning ortidagi boshqa bir Isuzu haydovchisi o‘z vaqtida tormozlanishni amalga oshira olmay, uning ortiga kelib urilgan.

    2021-yil 29-may kuni Toshkent halqa yo‘li va Bunyodkor shohko‘chalari kesishmasidagi aylanma ko‘prik ustida ikki avtobus ishtirokidagi YTH

    2021-yil 29-may kuni Toshkent halqa yo‘li va Bunyodkor shohko‘chalari kesishmasidagi aylanma ko‘prik ustida ikki avtobus ishtirokidagi YTH
    Kadr: Telegram

    Dastlabki taxminlarda avariya avtobusning belgilangan me’yordan ortiq tezlikda harakatlangani natijasida kelib chiqqani aytilgan. Avariya oqibatida piyodalardan biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yuborilgan. Biroq jabrlanuvchi shifoxonaga yetib borishi bilan vafot etgan.

    Samarqandda Damas va avtobus to‘qnashuvi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

    Samarqand viloyati Payariq tumanida 2021-yil 1-iyul kuni soat 12:00 larda Damas va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

    Samarqand viloyati Payariq tumanida 2021-yil 1-iyul kuni soat 12:00 larda Damas va avtobus ishtirokida YTH

    Samarqand viloyati Payariq tumanida 2021-yil 1-iyul kuni soat 12:00 larda Damas va avtobus ishtirokida YTH
    Foto: Samarqand viloyati YHXBB

    “Eshmonsoq” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lining 26-kilometrida Jizzax—Gagarin—Samarqand—Payariq yo‘nalishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtobus yo‘liga qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Damas avtomobilining chiqib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

    Samarqand viloyati Payariq tumanida 2021-yil 1-iyul kuni soat 12:00 larda Damas va avtobus ishtirokida YTH

    Samarqand viloyati Payariq tumanida 2021-yil 1-iyul kuni soat 12:00 larda Damas va avtobus ishtirokida YTH
    Foto: Samarqand viloyati YHXBB

    Oqibatda Damas ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro hodisa joyida vafot etgan. YTH haqidagi xabarda holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilgan.

    Qoraqalpog‘istonda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

    2021-yil 14-iyulda Qoraqalpog‘istonda avtobus hamda yuk avtomobili to‘qnashgani haqida xabar berilgan.

    Qayd etilishicha, Kegeyli tumanidan Nukus shahri tomon harakatlangan Isuzu avtobusiga Chimboy tumanidan aylanma yo‘l orqali harakatlangan “GAZ-5312” yuk mashinasi kelib urilgan.

    2021-yil 14-iyulda Qoraqalpog‘istonda Isuzu avtobusi hamda “GAZ-5312” yuk avtomobili ishtirokidagi YTH

    2021-yil 14-iyulda Qoraqalpog‘istonda Isuzu avtobusi hamda “GAZ-5312” yuk avtomobili ishtirokidagi YTH
    Kadr: Telegram

    YTH oqibatida bir kishi voqea joyida vafot etgan, ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ta’kidlanishicha, avtobusning ikkinchi yo‘lovchisi ham tuman shifoxonasida vafot etgan.

    Avariyaga uchragan transport vositalarining holati o‘rganilganda yuk mashinasi qayta jihozlangani, mavsumiy texnik ko‘rikdan o‘tmagani aniqlangan.

    Jizzaxda uxlab qolgan Cobalt haydovchisi Yutong avtobusiga borib urildi. Yengil mashinaning 2 nafar yo‘lovchisi vafot etdi

    2021-yil 5-oktabr kuni soat 05:00 larda Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 974-kilometrida Cobalt’ni boshqarib ketayotgan 39 yoshli nukuslik fuqaro o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Yutong avtobusining orqa qismiga borib urilgan.

    2021-yil 5-oktabr kuni soat 05:00 larda Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida Cobalt va Yutong avtobusi ishtirokidagi YTH

    2021-yil 5-oktabr kuni soat 05:00 larda Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lida Cobalt va Yutong avtobusi ishtirokidagi YTH
    Kadr: Telegram

    Dastlabki surishtiruv davomida ushbu YTHning kelib chiqishiga Cobalt avtomashinasi belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilmagani va haydovchining rul boshqaruvida uxlab qolishi sabab bo‘lgani aniqlangan.

    Mashina ichida bo‘lgan ikki yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Cobalt haydovchisining o‘zi esa o‘ng qovurg‘alari sinishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga yotqizilgan.

    Toshkentda avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib ketdi. Piyoda voqea joyida vafot etgan

    2021-yilning 10-dekabr kuni soat 18:40 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi “Minor” metro bekati qarshisida haydovchisi T.J. (1990-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi davlat raqami 01 968 XAA bo‘lgan 72-sonli yo‘nalishli avtobus harakatlanayotgan vaqtida, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda T.U.ni urib yuborgan.

    2021-yilning 10-dekabr kuni soat 18:40 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi “Minor” metro bekati qarshisida 72-sonli yo‘nalishli avtobus va yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tib ketayotgan piyoda ishtirokidagi YTH

    2021-yilning 10-dekabr kuni soat 18:40 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi “Minor” metro bekati qarshisida 72-sonli yo‘nalishli avtobus va yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tib ketayotgan piyoda ishtirokidagi YTH
    Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    Oqibatda piyoda olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. YTH haqidagi xabarda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani aytilgan.

    Toshkentda avtobus boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida 8 ta transport ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    2021-yil 12-dekabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida 8 ta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, soat 15:00 da tumanning Do‘mbirobod chorrahasida 70-son marshrut bo‘yicha harakatlanuvchi Isuzu avtobusi haydovchisi harakat paytida boshqaruvni yo‘qotgan.

    2021-yil 12-dekabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida 8 ta transport vositasi ishtirokida YTH

    2021-yil 12-dekabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida 8 ta transport vositasi ishtirokida YTH
    Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    Oqibatda Labo, Spark, 2 ta Nexia-3, 2 ta Matiz va Lacetti avtomobillari to‘qnashuviga sababchi bo‘lgan. Avtobus va Labo haydovchisiga tan shikasti yetgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa haqidagi xabarda holat yuzasidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilayotgani aytilgan.

    Qashqadaryoda “Jiguli” avtobus bilan to‘qnashdi. Avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot edi

    2021-yilning 11-dekabr kuni soat 17:10 larda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hududidan o‘tuvchi 4R-89 avtomobil yo‘lining 31-kilometrida haydovchi T.B. (1988-yilda tug‘ilgan) “VAZ-2103” avtomobilini yuqori tezlikda boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi U.B. (1996-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan.

    2021-yilning 11-dekabr kuni soat 17:10 larda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hududidan o‘tuvchi 4R-89 avtomobil yo‘lida “VAZ-2103” avtomobili va Isuzu avtobusi ishtirokidagi YTH

    2021-yilning 11-dekabr kuni soat 17:10 larda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hududidan o‘tuvchi 4R-89 avtomobil yo‘lida “VAZ-2103” avtomobili va Isuzu avtobusi ishtirokidagi YTH
    Foto: YHXBB

    Oqibatda “VAZ-2103” avtomobili haydovchisi T.B. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan hamda ushbu avtomobil yo‘lovchisi E.A. (2013-yilda tug‘ilgan) va avtobus yo‘lovchisi M.R. (1973-yilda tug‘ilgan) tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

    YTH haqidagi xabarda holat yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.

    Toshkentda mast piyoda avtobus bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

    2022-yil 6-yanvar kuni soat 19:50 atrofida Toshkent shahri Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida yo‘lovchi avtobusi piyodani bosib ketgan. Qayd etilishicha, Isuzu rusumli avtobus haydovchisi (1964-yilda tug‘ilgan, ish staji — 35 yil) 43-sonli yo‘nalishda harakatlanib borayotganda Jomiy qurilish bozori oldidagi svetoforda to‘xtash uchun sekinlashgan. Shu vaqt yo‘l qatnov qismining birinchi bo‘lagida ketayotgan piyoda to‘satdan muvozanatni yo‘qotib, avtobus tomonga yiqilgan.

    2022-yil 6-yanvar kuni, soat 19:50 atrofida Toshkent shahri Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida yo‘lovchi avtobusi piyodani bosib ketgan YTH

    2022-yil 6-yanvar kuni, soat 19:50 atrofida Toshkent shahri Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida yo‘lovchi avtobusi piyodani bosib ketgan YTH
    Kadr: Videodan skrinshot

    Oqibatda fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan. YTH haqidagi xabarda dastlabki xulosaga ko‘ra, piyodaning mast bo‘lgani va holat bo‘yicha dastlabki tergov ishlari olib borilayotgani aytilgan.

    Toshkentda 70 yoshli fuqaro avtobus bosib yuborishi oqibatida vafot etdi

    2022-yil 8-mart soat 11:30 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasida MAN avtobusi haydovchisi S.M. piyodalarni urib yuborishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

    1996-yilda tug‘ilgan haydovchi avtobusni boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyida piyodalarni urib yuborgan. Oqibatda piyoda R.Z. (1952-yilda tug‘ilgan) olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan.

    Shuningdek, R.Y. ismli fuqaro (2017-yilda tug‘ilgan) bosh sohasi lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    YTH haqidagi xabarda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilgan.

    Farg‘onada avtobusni quvib o‘tishga uringan Nexia Isuzu bilan to‘qnashdi. Yengil mashina haydovchisi vafot etdi

    2022-yil 19-martda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Nexia avtomobili haydovchisi harakat davomida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu avtobusi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

    2022-yil 19-martda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Nexia — Isuzu to‘qnashuvi

    2022-yil 19-martda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Nexia — Isuzu to‘qnashuvi
    Kadr: YouTube

    Isuzu haydovchisiga ko‘ra, yengil mashina o‘zidan oldindagi avtobus va boshqa bir yengil mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. To‘qnashuvdan keyin Isuzu haydovchisi rulni o‘ngga burib yuborib, daraxtga urilgan. Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramay, u vafot etgan.

    Qibrayda ikki avtobus poyga o‘ynashi oqibatida ulardan biri Lacetti bilan to‘qnashib ketdi

    2022-yil 11-aprel kuni Toshkent viloyati Qibray shahrida Isuzu va Lacetti avtotransport vositalari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, soat 14:30 atrofida 2-avtobus saroyi filiali haydovchisi X.U Isuzu avtobusini 199-yo‘nalishda Qibray shahri Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotib, Makro do‘koni qarshisida Lacetti avtomobili bilan to‘qnashgan. Bunda jarohat olganlar yo‘q.

    2022-yil 11-aprel kuni Toshkent viloyati Qibray shahrida Isuzu va Lacetti avtotransport vositalari o‘rtasida to‘qnashuv

    2022-yil 11-aprel kuni Toshkent viloyati Qibray shahrida Isuzu va Lacetti avtotransport vositalari o‘rtasida to‘qnashuv
    Foto: Telegram

    Holat yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilganda haydovchi X.U 2-avtobus saroyi filiali haydovchisi A.F. boshqaruvidagi boshqa bir avtobus bilan o‘zaro poyga o‘ynagani aniqlangan. Yo‘lovchilar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun har ikki haydovchi bilan filial o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. YTH haqidagi xabarda avtobusga yetkazilgan zarar aybdor haydovchi tomonidan o‘rnatilgan tartibda undirilishi aytilgan.

    21.04.2022, 12:18   Izoh (0)   50598
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda oliy toifali sud tibbiy eksperti 1,5 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

    21.04.2022, 12:05

    Sirdaryoda Nexia’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi. Avtomobil butkul yaroqsiz holga kelgan

    21.04.2022, 11:55

    O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirgach, 15 kun ichida majburiy ro‘yxatdan o‘tish talabi bekor qilinishi mumkin

    21.04.2022, 11:37

    Samarqand va Jizzax viloyatlarida sel keltirgan oqibatlar ma’lum qilindi

    21.04.2022, 10:51

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

    21.04.2022, 10:47

    O‘zbekistonda surishtiruv va tergov harakatlarida intizomni buzgan 7 nafar IIO xodimiga chora ko‘rildi

    21.04.2022, 10:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.