Zuxriddin Baxriddinov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Zuxriddin Baxriddinov 1985-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 2007-yili Xalq taʼlimi vazirligi moliyalashtirish,buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.
2008-2020-yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasida turli vazifalarda faoliyat ko‘rsatgan. 2020-2024-yillarda Namangan viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2023-yilning dekabr oyida Namangan viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlangandi.
Izoh (0)