Xorazm viloyatida Urganch shahar hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi, deb xabar beradi shahar hokimligi axborot xizmati.
Prezident Administratsiyasining 2021-yil 6-apreldagi rozilik xati bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi” qonunning 21 va 24-moddalariga muvofiq Nodirbek Babajonov Urganch shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Nodirbek Babajonov bungacha O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasining “Qurilish birlashmasi” boshqarmasida ish boshqaruvchi lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Qahramon Kenjayev Urganch shahar hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Qahramon Kenjayev tayinlovga qadar Urganch tadbirkorlik va servis kasb-hunar kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani, shuningdek, Toshkent viloyati hokimiga yangi yordamchi va maslahatchi, viloyat XTB boshlig‘i tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)