Toshkent va Namangan viloyatlarida 3,4 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Departament axborot xizmati.

Unga ko‘ra, holatlardan biri Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Fuqarolar D.A. va U.B. “Beshtut” MFY hududidagi dala hovlida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Shuningdek, departamentning Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya”ning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. “Yuqori Qorayantoq” MFY hududidagi bog‘ida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bunday holatlar soni ortib bormoqda
Samarqand viloyatidagi korxonalardan biri 553 million so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shu bilan birga Qashqadaryoda 177 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlangani xabar qilingandi.
Shuningdek, Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgan. Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgandi. Shuningdek:
- Buxoroda 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
- Qoraqalpog‘istonning uchta hududida 845 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
- Buxoro va Jizzaxda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 360 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
- Uchta viloyatda qariyb yarim mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Izoh (0)