• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda beshta tuman hokimi o‘rinbosari almashdi. Avvalgi o‘rinbosarlarning aksariyati o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan

    Buxoroda beshta tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari almashdi. Avvalgi o‘rinbosarlarning aksariyati o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

    Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirali Hamroyevning ta’kidlashicha, prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, nafaqat mahallalarda joriy etilgan yoshlar yetakchilaridan, balki tuman hokimi o‘rinbosarlaridan ham yoshlarning ijtimoiy hayotiga daxldorlik va javobgarlikni oshiradi.

    “Shu nuqtayi nazardan, beshta tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘zgardi. Ushbu lavozimlarga ko‘p sonli yoshlar mas’uliyatini torta oladigan yosh kadrlar saralandi”, — deydi Mirali Hamroyev.

    Xususan, Jondor tumani hokimiga yangi o‘rinbosar etib hozirga qadar tuman hokimligi apparati tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari vazifasida ishlab kelayotgan Niyoz Ahmatov tayinlangan.

    Niyoz Ahmatov

    Niyoz Ahmatov
    Foto: “Daryo”

    Niyoz Ahmatov 1990-yilda Jondor tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro muhandislik texnologiya institutini tamomlagan. Ayni kunga qadar ushbu lavozimda Mansur Muhammedov faoliyat yuritib kelgan. U o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilingan.

    Qorovulbozor tumani hokimiga yangi o‘rinbosar etib viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan Said Qo‘shshayev tayinlangan.

    Said Qo‘shshayev

    Said Qo‘shshayev
    Foto: “Daryo”

    Said Qo‘shshayev 1990-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. Buxoro davlat universitetini bitirgan. Ilk mehnat faoliyatini 2015-yilda sobiq “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro shahar kengashidan boshlagan. Avvalroq Qorovulbozor tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan Shavkat Rahmonov viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.

    Kogon shahar hokimiga yangi o‘rinbosar etib Sherzod Tilavov tayinlangan.

    Sherzod Tilavov

    Sherzod Tilavov
    Foto: “Daryo”

    Sherzod Tilavov 1987-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti hamda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2009-yilda Termiz shahri “Surxon-Termiz silk” pillani qayta ishlash fabrikasida boshlagan. Sherzod Tilavov tayinlovga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat kengashi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Ushbu lavozimda hozirga qadar Azamat Eshov faoliyat yuritib kelgan. Azamat Eshov viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

    Buxoro tumani hokimi birinchi o‘rinbosarligiga Umid Rajabov tayinlangan.

    Umid Rajabov

    Umid Rajabov
    Foto: “Daryo”

    Umid Rajabov 1983-yil Buxoro tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. Andijon davlat universitetini tamomlagan. Ish faoliyatini 2005-yilda tuman hokimligi iqtisodiyot bo‘limi yetakchi mutaxassisligidan boshlab, yoshlar tashkilotining tuman kengashi raisi lavozimida davom ettirgan. U tayinlovga qadar Romitan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ayni kunga qadar ushbu lavozimda Sobir Bozorov faoliyat yuritib kelgan. U o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilingan.

    Shofirkon tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Akmal Qazoqov tayinlangan.

    Akmal Qazoqov

    Akmal Qazoqov
    Foto: “Daryo”

    Akmal Qazoqov 1987-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. Buxoro muhandislik texnologiya institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2006-yilda Buxoro davlat universiteti huzuridagi axborot texnologiyalari akademik litseyi texnik operatorligidan boshlagan. Ushbu lavozimda hozirga qadar Said Hamroyev ishlab kelgan. Said Hamroyev o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod qilingan.

    Avvalroq Farg‘ona shahriga yangi hokim tayinlangani, Toshkentning Yunusobod tumani hokimi o‘zgargani, Jizzax viloyati prokurorining o‘rinbosari Paxtakor tumaniga hokim bo‘lgani, Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Buxoroda bir nechta tuman hokimlari o‘zgardi
    • Namangan elektr tarmoqlari korxonasi direktori Uchqo‘rg‘on tumaniga hokim bo‘ldi
    • Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

    28.01.2022, 16:06   Izoh (0)   30531
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda ichki ishlar vaziriga murojaat yo‘llagan sobiq “uchastkavoy”ga 7 ta modda bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

    28.01.2022, 15:49

    O‘zbekiston aholisi 2021-yilda doimiy yashash uchun asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketgani ma’lum qilindi

    28.01.2022, 15:36

    Buxorodagi “Chor Minor” madrasasi hududi qo‘yxonaga aylantirilgani rad etildi

    28.01.2022, 15:07

    Foto: Qarshida kuchli shamol oqibatida qulagan reklama monitori

    28.01.2022, 13:56

    O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimidagi barcha maktablarga oid ma’lumotlar yagona platformaga birlashtiriladi

    28.01.2022, 13:36

    Surxondaryoda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv to‘g‘risida ma’lumot berildi

    28.01.2022, 13:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.