• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrifini keyinga qoldirdi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 19-fevral kuniga rejalashtirilgan Saudiya Arabistoniga tashrifi kechiktirilganini e’lon qildi.

    Foto: Reuters

    U bugungi Rossiya va AQSH rasmiy vakillari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng “tasodiflar” bo‘lishini istamasligini ta’kidladi.

    U yerda kim qoladi, kim ketadi, kim qayerga borishini bilmayman. Ochig‘ini aytsam, menga farqi yo‘q. Lekin hamkorlarimiz biz haqimizda ortiqcha fikr yuritishlarini istamayman. Men tasodiflarni xohlamayman, shuning uchun ertaga Saudiya Arabistoniga bormayman, dedi Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuvdan so‘ng Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

    Ukraina yetakchisi, shuningdek, AQSH va Rossiya delegatsiyalarining o‘tgan uchrashuviga izoh berib, Ukraina Rossiyaning ultimatumlarini qabul qilmasligini yana bir bor qayd etdi. U urush boshida Rossiya Ukrainaga shart qo‘yganini, xususan, Ukraina armiyasi sonini kamaytirish, hududiy yon berishlar, shuningdek, mamlakat rahbariyatiga Rossiya tarafdori bo‘lgan rahbariyatni qo‘yishni talab qilganini aytdi.

    Menda shunday taassurot borki, hozir qandaydir muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda va ular xuddi o‘sha kayfiyatda kechmoqda, ammo ular Rossiya vakillari va AQSH vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. Ukraina haqida, yana Ukraina haqida va Ukraina ishtirokisiz. Qiziq, agar biz eng og‘ir paytda bu ultimatumlarning barchasini rad etgan bo‘lsak, hozir Ukraina bunga ko‘nadi, degan fikr qayerdan paydo bo‘ldi, deydi Zelenskiy.

    Zelenskiy idorasi xabar qilishicha, Ar-Riyodga tashrif 10-martga rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Zelenskiy AQSH rasmiylarini Kiyevda kutayotganlarini qo‘shimcha qildi.

    Rossiya va AQSH Ar-Riyodda muzokaralar o‘tkazdi

    Rossiya va AQSH delegatsiyalari Rossiya–Ukraina urushi yakunlariga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv 18-fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar Saudiya Arabistoni qirollik oilasining Albasatin majmuasidagi saroylaridan biri — Diriya’da o‘tkazildi. Uchrashuvda Ukraina va Yevropa davlatlari vakillari ishtirok etmadi.

    Muzokaralarda Rossiya nomidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, shuningdek, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ishtirok etdi. Rossiya delegatsiyasi tarkibiga TIVning Umumyevropa hamkorligi departamenti direktori o‘rinbosari Dmitriy Balakin va Rossiyaning Kanadadagi elchixonasi maslahatchi-vakili Vladimir Proskuryakov ham kirgan. Uchrashuvda AQSH nomidan davlat kotibi Marko Rubio, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts va prezidentning Yaqin Sharqdagi maxsus vakili Stiv Uitkoff ishtirok etdi.

    Muzokaralar taxminan to‘rt yarim soat davom etdi.

    Ushakovning ta’kidlashicha, tomonlar Putin va Tramp uchrashuviga tayyorgarlikni muhokama qilgan, biroq bu uchrashuv keyingi haftada o‘tkazilishi dargumon.

    Rossiya va AQSH muzokarachilarining alohida guruhlari Ukraina bo‘yicha aloqaga kirishadi. Kim Rossiyadan muzokarachilar safiga kirishi va Ukraina bo‘yicha aloqalar qachon boshlanishini Putin hal qiladi, dedi u.
    Dmitriyev muzokaralar yakunida murosa haqida gapirishga hali erta ekanini, tomonlar bir-birini tinglashni boshlaganini aytdi, uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya va AQSH vakillari hurmat bilan va teng huquqli muloqot qilgan”, deb yozadi Reuters.
    18 fevral, 21:50   Izoh (0)   5548
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Zelenskiy#Saudiya Arabistoni#tashrif

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Indoneziya prezidenti Putin Balidagi G20 sammitiga bormasligini ma’lum qildi

    08.11.2022, 07:16

    Kambodja bosh vaziri koronavirus yuqtirib olgani tufayli G20 sammitini tark etdi

    15.11.2022, 13:37

    “Daryo kundaligi”da 13-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    13.03.2023, 22:07

    Zelenskiy nima uchun arab davlatlari sammitiga taklif qilingan? Saudiya TIV izoh berdi

    20.05.2023, 12:17

    Ukraina Isroilni qo‘llab-quvvatlashi xavfli oqibatlarga olib keladi — WP

    30.10.2023, 17:24

    Ukraina tinchlik sammitida AQSHdan kim vakillik qilishi ma’lum bo‘ldi 

    04.06.2024, 13:45

    Zelenskiy Jiddada Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan uchrashdi

    13.06.2024, 11:35

    Tramp qayta saylanishidan kimlar “yutdi” va “mag‘lub bo‘ldi”?

    10.11.2024, 20:00

    “Neft narxi pasayganida, Rossiya va Ukraina urushi darhol tugardi” — Tramp

    24 yanvar, 10:38

    Reuters: Putin va Tramp o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuv joyi sifatida Saudiya Arabistoni hamda BAA ko‘rib chiqilmoqda 

    3 fevral, 17:40

    Ukrainadagi urush yakuni yaqinmi?

    4 fevral, 14:15

    Zelenskiy Putin bilan uchrashish shartini ma’lum qildi 

    14 fevral, 23:45

    OAV: Zelenskiy Ukraina mineral resurslarining 50 foiziga bo‘lgan huquqlarni AQSHga berishga rozi bo‘lmadi 

    15 fevral, 08:24

    Zelenskiy: “AQSh harbiy yordamisiz Ukrainaning omon qolish imkoniyati kam” 

    15 fevral, 13:20

    “Rossiya deyarli har kuni yuz yoki undan ortiq dronlar bilan hujum qilmoqda” —  Zelenskiy

    15 fevral, 15:50

    Bloomberg: Kreml va Oq uy vakillari kelasi hafta Saudiya Arabistonida uchrashadi

    16 fevral, 08:00

    Zelenskiy AQSHga Ukraina minerallaridan foydalanishga ruxsat bermagani sababini tushuntirdi

    16 fevral, 21:15

    Britaniya bosh vaziri Ukrainaga qo‘shin joylashtirishga tayyorligini aytdi

    17 fevral, 08:36

    AQSH, Ukraina va Rossiya vakillari muzokaralar uchun Saudiya Arabistoniga yetib keldi

    17 fevral, 11:16

    Trampning maslahatchisi Ukrainadan “kompensatsiya” talab qildi

    17 fevral, 12:02

    AQSH Moskva va Kiyev bilan umumiy sammit o‘tkazmoqchi — NBC 

    17 fevral, 20:10

    AFP: Trampning G‘azodagi rejasi bo‘yicha arab sammiti 21-fevral kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi 

    17 fevral, 20:40

    Tramp Rossiyani NATO va Yevropa uchun tahdid deb hisoblashdan bosh tortdi 

    17 fevral, 23:20

    Zelenskiy prezidentlikdan qachon ketishini aytdi

    18 fevral, 10:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.