Ayrim shaxslarga nisbatan O‘zbekistondan chiqish huquqini cheklash choralari kuchaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15-avgustida chiqarilgan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zgartirishlarga asosan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqqa olinmagan holda ham, davlat hududidan chiqib ketgach, suddan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashi mumkin bo‘lganda O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash mumkin bo‘ladi.

Bunda prokuror, tergovchi, surishtiruvchi davlatdan chiqish huquqini cheklash to‘g‘risida majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda iltimosnoma qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, ushbu huquqni vaqtincha cheklash yoki uni rad etish to‘g‘risida ajrim beradi.
Taʼkidlash joiz, ajrim ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoxud protest bildirilishi mumkin.
Izoh (0)