Prezidentning Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy va iqtisodiy taraflama rivojlantirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qaror bilan 2025–2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini o‘rtacha 6–6,5 foizga, sanoat ishlab chiqarishi hajmini 5–6 foizga, bozor xizmatlari hajmini 15–17 foizga yetkazish hududni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi.

Qoraqalpog‘istonni 2035-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya 5 yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi.
Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) bo‘yicha 150−200 million dollar miqdoridagi xorijiy mablag‘lar jalb qilinadi.
Avvalroq Amanjol Ayapov Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlangani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Izoh (0)